Muhammad Nurulloh Saydo Jazariy
Muhammad Nurulloh Saydo Jazariy (turkcha: „Muhammed Nurullah El Cezeri“)(1953-1987) – turkiyalik Naqshbandiya tariqati ustozlaridan.
Muhammad Nurulloh Saydo Jazariy |
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
Iqtiboslar
tahrirlash- Bilib qoʻyki, sen oʻz dunyongda amaling urugʻlarini ekmoqdasan. Dunyong – sening dalang. Oʻlim oni – yigʻim-terim zamoning, oxirat esa xirmoningdir. Nima ekkan boʻlsang, oʻsha narsani yigʻib-terib olasan, xolos[1].
- Binoni meʼmorsiz, amrni amr qiluvchisiz, tadbirni chora-tadbir oluvchisiz, dasturni tuzuvchisiz, mahkamani hokimsiz, sanʼatni sanʼatkorsiz, ishni bajaruvchisiz tasavvur qilish mumkin boʻlmaganidek, aqllarni hayratlantirgan bu koinot ham oʻz Yaratuvchisiga egadir[1].
- Dunyoning ichiga kir, sayr qil, ammo ehtiyot boʻl – dunyo sening ichingga kirmasin![1]
- Ey voh! Eng shafqatsiz zarba oʻzimga oʻzimdan kelganini his etdim. Lekin juda kech[1].
- Haqiqatan insonning yaratilishidagi asl g‘oya uning oʻz Yaratuvchisiga chiroyli bandalik qilmogʻidir[1].
- Haromga qarashlik orzusi ruhni qoraytiradi. Qop-qora, sim-siyoh boʻlib balchiqqa bulgʻangan ruhdan qalbga faqat zahar tomchilaydi[1].
- Inson nafsi yomon sifatlarga ega boʻlsa, undan qutulmagunicha his olamidagi maʼnolarni, moddaning ortidagi aql va xayol chegaralarini mushohada qilolmaydi[1].
- Islom dinining jaholatdan kattaroq va qoʻrqinchliroq dushmani yoʻqdir[1].
- Kuchlining nayzasi kuchsiz otgan nayzaga nisbatan koʻproq nishonga tegishi mumkin boʻlganidek, manmanlik va riyo shubhasidan xoli soʻzlar ham qalblarga koʻproq taʼsir qiladi[1].
- Koʻz haromga qaraganida vijdonni, qalbni g‘am-alamlar, buzuq zaharli fikrlar, xaroblik va razolat qoplaydi. Shahvoniy kuchlar harakatga kelgudek boʻlsa, odam oʻzi bilmagan va sezmagan holda halokatga, razolatga va buzuq oʻy-fikrlar girdobiga tushib qoladi[1].
- Koʻzni ayollarga tikishdan, ularning suratlarini tomosha qilishdan tiymoq kerak. Aqlning soʻnishiga, hayo pardasining yirtilishiga va eng muhimi, ibodatning „mazasi“ yoʻqolishiga asosiy sabab ana shudir[1].
- Qalb gʻaybga va maʼnaviy olamga, aql esa zohirga va moddiy olamga ochilgan darchadir. U holda birinchini ikkinchi bilan izlash – ahmoqlik, ikkinchini birinchi bilan izlash esa g‘aflat va nodonlikdir[1].
- Quyosh oʻsimliklarni harakatga keltirganidek, zikr ham ruhiy unsurlarni harakatga keltiradi[1].