Maxatma Gandi
Hindistonning siyosiy va diniy rahbari
Maxatma Gandi (1869-yil 2-oktabr, Gujarot — 1948-yil 30-yanvar, Dehli) — Hindiston milliy-ozodlik harakati rahbarlaridan biri, taniqli mutafakkir.
Maxatma Gandi | |
Vikipediyadagi maqola | |
Vikimanbadagi asarlar | |
Vikiombordagi fayllar |
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
Iqtiboslar
tahrirlash- Agar yolgʻonchi boʻlganimda, bolalarni toʻgʻri gapirishga oʻrgatishdagi barcha urinishlarim zoe ketgan boʻlardi. Men oʻzim bilan yonma-yon yashayotgan oʻgʻil va qizlar uchun har doim jonli misol boʻlishim kerakligini tushunib yetdim[1].
- Agar oʻzingni ba’zi oʻrinlarda odobsiz, tarbiyasiz deb his qilsang, shuning oʻzi sening odobli shaxs ekanligingni bildiradi[1].
- Aql har qanday hissiylik sarchashmalarida joylashgan boʻladi[1].
- Barcha masalalarda har qanday odamning va’dasiga ishonsa boʻladi, ammo pul masalasi bundan mustasno[1].
- Bizni muntazam harakatga undovchi ichki turtki mavjud. Bu — qiziquvchanlikdir. Natijani yoki oʻz imkoniyatimizni bilishga bʻlgan qiziqish. Birgina kichik qadam ulkan rejani amalga oshirishi va siz birinchi qadamni hoziroq tashlashingiz mumkin[1].
- Bizning nafsimiz shunchalik kuchliki, uni ham ichkaridan, ham tashqaridan qat’iy qoidalarga solgan taqdirdagina tiyish mumkin[1].
- Bolalarning ruhiy tarbiyasi ularning jismoniy va aqliy tarbiyasiga qaraganda ancha qiyin ish… Ruhni rivojlantirish — fe’l-atvorini shakllantirish demakdir[1].
- Bolalar orasida boʻlganimda oʻzimni dunyodagi eng baxtli odam deb bilaman[1].
- Bugun biz tashlayotgan qadam kelajakning ibtidosidir[1].
- Dovyuraklik boshqa yaxshi fazilatlarning o‘sishi uchun albatta zarur. Axir mard bo‘lmay turib, adolat izlash yoki muhabbatni ardoqlab asrash mumkinmi?[2]
- Haqiqat yoʻlida, tabiiyki, gʻazab, xudbinlik, nafrat kabi narsalar gʻoyib boʻladi. Aks holda unga erishishning iloji boʻlmaydi[1].
- Hayot ipining uchi Xudoning qoʻlida ekan, nima uchun bu hayotni Unga ishonmaslik kerak[1].
- Hayotingda boʻlishini xohlaydigan eng katta oʻzgarish sen oʻzing boʻlishing kerak[3].
- Hayotni tezlashtirishdan koʻra boshqa muhim ishlar ham bor[4].
- Jazolashdan ko‘ra kechirmaklik mardlikdir. Ojiz odam kechirolmaydi. Afv etish kuchlilar fazilatidir[2].
- Men umrim davomida ixlosmandlarimga qaraganda tanqidchi do‘stlarimdan, ayniqsa ularning tanqidi muloyim va do‘stona suxan bilan izhor etilganida ko‘proq foyda olganman[2].
- Modomiki men jamoat xizmatiga boshim bilan shoʻngʻib ketgan ekanman, buning sababi mening oʻzimni anglashga boʻlgan intilishimdan iborat edi[1].
- Muhammad paygʻambarning gʻoyat dilbar inson ekanligini bilib, hayratdan yoqa ushladim[1].
- Nafratsiz biron narsadan voz kechish uzoqqa bormaydi[1].
- Notinchlikda tinchlikka erishib boʻlmaydi. Tinchlikni asrash qushqoʻnmas tikanaklari orasidan mevasini terish degani. Men bu masalaga qanchalik chuqur yondashsam, ich-ichimda qat’iy bir xulosa tugʻiladi: “Tinchlikni asrash — bosh insoniy burch![1]
- Odamlar orasida yursang-u, sendan axloq atirining xushboʻy hidi taralib tursa, qanday chiroyli![1]
- Odam tayyorgarlikni hayotining soʻnggi pogʻonasiga tashlab qoʻyar ekan, u oʻzini oʻzi anglash darajasiga yetmaydi, balki shunday bir keksalikka yetishadiki, bu keksalik ikkinchi, ammo endi achinarli bir bolalik bilan teng boʻlib, u atrofdagilar uchun malollik keltirishdan boshqa narsaga arzimaydi[1].
- Ojizlar kechirishni bilishmaydi. Kechira olish — kuchlilarga xos fazilat. Kechirimlilik — ruhiy kamolot belgisi[1].
- Qandaydir sitam yetsa, bu bizning gunohlarimiz uchun berilgan jazo ekani haqidagi fikr meni gʻazabga minishdan saqlab turardi[1].
- Quyoshning yoki oyning goʻzalligiga mahliyo boʻlganimda, qalbimdan Yaratganga shukronalar aytaman[5].
- Qo‘rqoq sevgi izhor qilolmaydi, bu mard kishining ishi[2].
- Sen dunyoni qanday koʻrishni xohlasang, shunga koʻra, avvalo oʻzing oʻzgar[1].
- Savolning kuchi shundaki, u inson kamolotining negizidir[1].
- Sizning e’tiqodingiz — sizdagi oʻy-xayollarning poydevoridir. Siz gapirayotgan gap — kechinmalarning mevasi va mavridi kelib, bu soʻzlar muntazam harakatga, harakatimiz doimiy odatga aylanadi. Bizning qadr-qimmatimiz odatlarimizga koʻra belgilanadi. Qadr-qimmatimiz esa taqdirimizga aylanadi[1].
- Tinchlik — bu tinchlik uchun mukofot[1].
- Tinchlikning zafarlari urushning gʻalabasidan shavkatlidir[1].
- Toʻgʻri, men bolaligimdanoq zehnli va aqlli edim, oʻqishda ham mening oldimga tushadigani yoʻq edi, ammo oʻzim toʻgʻrimda maqtov soʻzlar aytish axloqimga toʻgʻri kelmasdi. Zero, hayotda erishgan katta-kichik muvaffaqiyatlarim-u siyosiy gʻalabalarim bejiz qoʻlga kiritilmaganini oʻquvchilarim oʻzlari anglab olishlariga toʻliq ishonaman[1].
Sh
tahrirlash- “Shuncha yoʻldan Angliyadek mamlakatga kelar ekansiz, sal durustroq kiyinib olsangiz boʻlmasmidi?” degan savolga Gandi:
— “Men ona Hindistonimning jonli timsoliman, sizlar ikki yuz yildan beri talayverib, diyorimni shu holga soldingiz”, deb javob beradi[1].
Oʻ
tahrirlashManba
tahrirlash- ↑ 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 1,18 1,19 1,20 1,21 1,22 1,23 1,24 1,25 [Xurshid Davron kutubxonasi]
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.
- ↑ Robin Sharma. Eng sara asarlari, Oʻlsang kim yigʻlaydi?, Toshkent: "ILM-ZIYO-ZAKOVAT" nashriyoti, 2019 — 512-bet.
- ↑ Brayan Treysi. Samaradorlikning 21 yoʻli. Toshkent: Asaxiy books, 2020 — 92-bet.
- ↑ Robin Sharma. Eng sara asarlari, Ferrari sotgan rohib, Toshkent: "ILM-ZIYO-ZAKOVAT" nashriyoti, 2019 — 512-bet.
- ↑ Stiven Kovi. Muvaffaqiyatli insonlarning 7 koʻnikmasi, Orifaxon Gʻulomova tarjimasi (Oʻzbek), Toshkent: "QAQNUS MEDIA" nashriyoti [1989], 2020 — 380-bet.