Kafansiz koʻmilganlar
Oʻzbek shoiri Shukrulloning avtobiografik asari
Kafansiz koʻmilganlar — Sibirga badarg‘a etilgan, qatagʻonlik davrining ikkinchi to‘lqini jabrini chekkan, sho‘ro hukumati lagerlarida og‘ir azob-uqubatlarni o‘z boshidan kechirgan o‘zbek yozuvchisi Shukrullo tomonidan yozilgan va 1991-yilda nashrdan chiqqan tarixiy avtobiografik roman.
Iqtiboslar
tahrirlash- Dindor odam yomon-u dindan qaytgan yaxshi, hukumatga sadoqatli boʻladimi? Axir eʼtiqodsizlikdan koʻra nimagadir ishonib, eʼtiqod qoʻyib yashash afzalroq-ku. Lev Tolstoy xudojoʻy boʻlgan, dindor boʻlgan, uni zararli odam deb boʻladimi?
- Qassobdan chiqqan jalloddan olimdan chiqqan jallod xatarli. Chunki qassobdan chiqqan jallod ilmsiz, omi, u dovdir-sovdir ish qilishi mumkin. Ammo olimdan chiqqan jallodning qoʻlidan qutilish qiyin. Negaki, u aql bilan ish qiladi va oʻzining haqligiga uncha-muncha odamlarni ishontira oladi.
- O‘g‘rilik, bezorilikning dunyo bo‘yicha bizlardan bunchalik ko‘pligiga sabab balki dinning yo‘q qilingani yoki Xudodan qo‘rqmay, bandadan uyalmasligimi?
- Mening dunyoyim bu — to‘rt tomoni tikonli sim bilan o‘ralgan devor, uvada kiyim, yemishim arpa-yu so‘k. Xayolimda birdan bir narsa xotin, bolalarim, erkinlik. Ammo ozodlikda yeb-ichib, to‘y-u tomoshalarda bezanib yurganlarning o‘y-xayollari-chi!.. Xonanda-yu sozandalarning dilni qitiqlovchi kuylari yangraganda noz-u ne’matlarga to‘la dasturxon atrofida o‘tirib, raqslarga tort-tort bo‘lib, qiyqiriq avjga chiqqanda, nahot bizlarni birov esga olsa!