Lev Nikolayevich Tolstoy (ruscha: Лев Николаевич Толстой)(28-avgust 1828-yil; 7-noyabr 1910-yil) — keng ommaga mashhur rus yozuvchisi, publitsist va diniy namoyonda, tolstovchilar harakatining ideologi.

Lev Tolstoy
Vikipediyadagi maqola
Vikimanbadagi asarlar
Vikiombordagi fayllar

Iqtiboslar

tahrirlash
  • Odamlarga muhabbating bo‘lmasa, jim yuraver! O‘z ishing bilan, buyumlar bilan, istagan narsang bilan shug‘ullangin-u, faqat odamlar bilan emas. Ishtaha boridagina ovqatlanish ziyonsiz va foydali bo‘lgani kabi sevgan paytingdagina odamlar bilan munosabatda bo‘lish foydali va ziyonsizdir... ("Tirilish" asaridan)
  • Baxt-saodatni ehtiroslardan emas, oʻz qalbingizdan qidiring. Baxtning manbai tashqarida emas, ichimizdadir[1].
  • Hamma dunyoni oʻzgartirish haqida oʻylaydi, lekin hech kim oʻzini oʻzgartirishni oʻylamaydi[2].
  • Koʻpincha baxt-saodat qidiramiz, vaholanki, u yonginamizda boʻladi. Xuddi koʻzimizda turgan koʻzoynakni koʻpincha qidirganimiz kabi[2].
  • Muhammad alayhissalomdan boshqa hech kim dushmanlarining hurmatiga sazovor boʻlgan emas. U zot koʻplab dushmanlarini Islomga kiritishga musharraf boʻlgan[2].
  1. Sanjar Xoʻja. Hayotimiz kengurulari. Abdugʻafur Iskandar, Sanjar Said: . Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2022 — 160-bet. 
  2. 2,0 2,1 2,2 Anvar Ahmad. Saodatga yetaklovchi hikmatlar, (birinchi kitob), Toshkent: “Sano-standart” nashriyoti, 2018 — 320-bet.