Jomiy yoki Abdurahmon Jomiy (asl ismi: Nuriddin Abdurahmon ibn Ahmad)(7-noyabr 1414-yil, Jom; 9-noyabr 1492-yil, Hirot) – fors-tojik shoiri, naqshbandiylik tariqatining yirik vakili.

Jomiy
Vikipediyadagi maqola
Vikiombordagi fayllar



Iqtiboslar

tahrirlash
  • Adovat tig‘ini ko‘targan kishi adovat tig‘idan halok bo‘ladi[1].
  • Agar mezbon dasturxon atrofida oʻzini hamma neʼmatlardan baland tutsa, uning nonidan oʻz jigaring aʼlo va uning sharbatidan oʻz qoning bajo[2].
  • Agar och boʻlsang, har qanday osh-non senda qattiq ishtaha qoʻzgʻatadi. Sen bilan oʻtirgan ulfatlaringda esa ishtahang senga nisbatan nafrat uygʻotadi[2].
  • Bir shoir oʻqidi bemaza gʻazal,
    Dedikim, alifsiz yozdim, bu aʼlo.
    Dedimki, eng yuksak sanʼat boʻlurdi,
    Sheʼring soʻzlari ham boʻlmasa aslo[2].
  • Boylikdan kerilmoq – aqldan nari,
    Chunki u oʻtkinchi bulut singari[1].
  • Erta tongda ogʻzing­­ga biror luqma ovqat tiqmay eshikdan chiqma, chunki toʻqlik xushmuomala va chuqur mulohaza moyasi, ochlik esa yengiltaklik va aqlsizlik doyasidir[2].
  • Faqat foydasi tegadigan ilmni olish kerak, foydasiz fazilatdan qochmoq va faqat zarur narsaga quloq ochmoq lozim[2].
  • Hammadan balanddir ona mansabi[1].
  • Hammaga omonlik istaguvchi boʻl,
    Shunda adovatga qolmagay hech yoʻl[1].
  • Har kimdan istama do‘st-oshnolik,
    Har oshnadan kutma sen roʻshnolik[1].
  • Kibrsizlik lofin urma, uni koʻrmoqdan koʻra qorongʻu tunda chumolining izini koʻrmoq osonroqdir[1].
  • Kimning qoʻlida quyidagi besh narsa jilovi boʻlsa, yaxshi hayotining garovi boʻlur: birinchisi – tansihatlik, ikkinchisi – omonlik, uchinchisi – rizqining moʻlligi, toʻrtinchisi – sodiq do‘st va beshinchisi – farogʻat. Kimki shu besh narsadan mahrum etilgan – xush hayot eshigi uning oldida bekilgan[2].
  • Kim tortsa adovat qilichin qindan,
    Adovat tigʻidan boʻladi halok[1].
  • Kichiklarga hazil-u istehzo oʻqin otmoq – ulugʻlik obroʻsin bekorga sotmoq va zillat-u xorlik gʻuboriga botmoqdir[2].
  • Koʻplar molin berib, mardlik qiladi,
    Koʻplar jonin berib, mardlik qiladi[1].
  • Mansab bilan balandmas odam,
    Mansab odam bilan muhtaram[1].
  • Nuqsonli tabib hammaga balo, misoli vabo[2].
  • Onangdan bosh tovlama, oshmasin dardi,
    Sharaf toji erur oyogʻin gardi[1].
  • Quloqdan dilingga gar kirmasa nur,
    Sichqon kavagidan ne farqi boʻlur?![1]
  • Qul-u ozodga maʼlum va ayon,
    Dono tirikdir, oʻlikdir nodon[1].
  • Tanang imorati dosh bera oladigan miqdorda tanovul et[2].
  • Tish-tirnoq qolmagan keksa sherni koʻr,
    Choʻloq tulki unga beradi ozor[2].
  • Toʻgʻrini de, toʻgʻrini koʻr, toʻgʻri yur,
    Toʻgʻri gapir, toʻgʻri eshit, toʻgʻri tur[1].
  • Oʻtganlar ibratli soʻzini yod et,
    Oʻtganlar yodidan dilingni shod et[1].

Manbalar

tahrirlash
  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  2. 2,00 2,01 2,02 2,03 2,04 2,05 2,06 2,07 2,08 2,09 2,10 2,11 Ziyouz.uz — Ziyo istagan qalblar uchun!.