Albert Einstein

fizik, nisbiylik nazariyasining muallifi

Albert Einstein (talaffuzi: Albert Eynshteyn)(14-mart 1879-yil; 18-aprel 1955-yil) — nemis va yahudiy fizik-nazariyotchisi, barcha zamonlarning eng buyuk va eng katta ta'sirga ega fizik olim.

Albert Einstein
Vikipediyadagi maqola
Vikimanbadagi asarlar
Vikiombordagi fayllar

Iqtiboslar

tahrirlash
  • E = mc2 (Einstein shu formulani izohlab berayotgani yozilgan audiofayl)
  • Nasabim — yahudiy, fuqaroligim — shveysariyalik, tashqi koʻrinishim — odamniki, va men faqatgina insonman, hech qaysi davlat yoki millatga bogʻliq emasman. (7 iyul 1918)
  • Xudo ayyordir, lekin yovuz emas. (manba, 1921 apreli)
  • Men Spinoza'ning Xudosiga ishonaman, qaysiki oʻzini olamning qonunlarga boʻysinuvchu garmoniyasida namoyon qiladi, aslo oʻzini odamzod qilmishlari va taqdiri bilan aloqador Xudoga emas. (New York ravvini Herbert S. Goldstein bergan "Xudoga ishonasizmi?" savoliga javoban (24 aprel 1929); Spinoza'ning Xudo haqidagi fikrlari panteistikdir)
  • Bu velosiped minishga oʻxshaydi. Muvozanatni saqlash uchun doimo harakatda boʻlishing kerak. (oʻgʻli Eduard'ga yozgan xatidan, 5 fevral 1930)
  • Oʻylaymanki, vegeterianlikning odam temperamentiga taʼsiri odamzotga katta naf kelitirshi mumkin. (27 dekabr 1930)
  • Men nafaqat patsifistman, balki jangovar patsifistdirman. Odamlarning oʻzlari urushga borishdan bosh tortishishmasa, urush hech qachon tugamaydi. (yanvar 1931)
  • Olam tushunarlidir, degan iddaodan tushunarsizroq gap yoʻq. (1936 marti)
  • Barcha dinlar, sanʼatlar va fanlar bir daraxtning shoxlaridir. (1937)
  • Diniy qarashlarim haqida oʻqiganlaringiz albatta yolgʻon, takror va takror qaytariluvchi yolgʻondir. Men shaxsiyatli Xudoga ishonmayman, va buni rad etmaganman, aksincha, aniq-tiniq ifodalaganman. Agar menda diniy deb ataluvchi tuygʻu boʻlsa ham, bu olamning fan hali ochiqlamagan qirralari va tuzilishi oldidagi cheksiz hayratdir. (1954)
  • Ijodkorlik va kashfiyotchilik qobiliyatim oldidagi eng katta to‘siq bu – olgan ta’limimdir[1].
  • Biz muammolarimizni ularni yaratgan vaqtimizdagi fikrlash darajamiz bilan hal ila olmaymiz[1].
  • Baxtli boʻlib yashashni xohlasangiz, hayotingizni biror maqsadga bogʻlang. Insonlarga yoki matohlarga emas[2].
  • Muvaffaqiyatli boʻlishdan koʻproq qadrli inson boʻlishga harakat qiling. Muvaffaqiyat kibrga yaqindir. Mehr-muhabbat esa qadrga[2].
  • Dunyo hattoki bir dona baxtsiz bola qolgan boʻlsa ham, buyuk ijodlar va riojlanishlar hechdir[2].
  • Insoniyat yashab qolmoqchi va yanada yuqori darajalarga koʻtarilmoqchi boʻlsa, yangicha fikrlashi lozim.
  1. 1,0 1,1 Stiven Kovi. Muvaffaqiyatli insonlarning 7 koʻnikmasi, Orifaxon Gʻulomova tarjimasi (Oʻzbek), Toshkent: "QAQNUS MEDIA" nashriyoti [1989], 2020 — 380-bet. 
  2. 2,0 2,1 2,2 Sanjar Xoʻja. Hayotimiz kengurulari. Abdugʻafur Iskandar, Sanjar Said: . Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2022 — 160-bet.