Dunyoviy maktablar yaramaydi, chunki ularda diniy ta'lim yoʻq, zero diniy asossiz berilgan ma'naviy ozuqa pufakdan qurilgan inshoot kabidir; demak, barcha ta'lim-tarbiya e'tiqodga suyanishi lozim; biz e'tiqodli odamlarga muhtojmiz.
Mening dinim yoʻq, va ba'zida men barcha dinlarning dengiz tubida yotishini istardim. Mamlakatni boshqarish uchun dinga ehtiyoj sezgan hukmdor zaifdir; bu oʻz xalqini zindonda saqlashdek gap.
Xudoning quvvati cheksizdir, u nimaiki istasa, albatta boʻlgay; Biroq na odam, na boshqa biror hayvon baxtli emas; demak u hech kimga baxt tilamaydi. Epikur'ning qadimgi savoli hamon javobsiz. Xudo yovuzlikni ham yenga olib, ham uni yengishni istaydimi? U holda yovuzlik nega mavjud?
Agar ibtidoga qaytsak, shuni koʻrar edikki, rad va qoʻrquv xudolarni yaratdi; xayolot, entuziazm va yolgʻon ularni bezadi; ojizlik ularga ibodat qildirdi; ishonch ularning tiraniyasini qoʻllab, hurmat qilishga undab, odamlarni koʻrlikda ushlab turibdi. Agar tabiatni rad etish xudolarni paydo qilgan esa, tabiatni tanish ularni yoʻq etgay.
Xudo sinoatlarni izohlash uchun ixtiro qilingan. Xudo doim siz anglamaydigan narsalarni izohlash uchun toʻqib kelingan. Lekin siz ba'zi narsalarning qanday ishlashini bilib olganingizdan soʻng, siz xudoni qonunlar bilan almashtirasiz; xudoga ehtiyoj sezmaysiz. Lekin siz unga boshqa sinoatlarni izohlash uchun muhtoj boʻlasiz. Shunday qilib siz uni olamning yaratuvchisi sifatida qoldirasiz, chunki biz hali bu haqida koʻp narsa bilmaymiz, bu sinoatdir; yoki siz uni fan allaqachon izohlagan, ammo siz bu izohlarni tushunmaydigan paytlarda "chaqirasiz", masalan ruhiyat, yoki hayot davomiyligi va oʻlim va hk. Xudo doim siz tushunmaydigan narsalar bilan bogʻliq boʻladi.
Fanning eng katta ijtimoiy vazifalaridan biri odamlarni irim-sirimdan ozod etishdir.
Steven Weinberg
Fanni dinni qoʻllab-quvvatlab yoki dinni buzib oʻrgatish kerak emas. Fanni dinga e'tibor bermay oʻrgatish lozim.
Steven Weinberg
Din inson sha'nini haqoratlaydi. U boʻlsa ham, boʻlmasa ham yaxshi odamlar yaxshilik qiladi, yomon odamlar esa yomonlik. Lekin din yaxshi odamlarni yomonlik qilishga unday oladi.
Steven Weinberg
"Menga sigʻinmasang seni abadul-abad yoqaman." Men azaldan buni ablahlik, deb hisoblab kelaman.
Odamlar fan diniy qarashlarni yemirishi mumkin, deb xavotirlanib kelishgan. Jin ursin, menimcha ular haq edilar. U diniy qarashlarni yemirarkan va yaxshi narsa ekan.