Boyazid Bastomiy

Eronlik olim va muhaddis

Boyazid Bastomiy (801-yil – 875-yil) – eronlik olim va muhaddis.

Boyazid Bastomiy
Vikipediyadagi maqola



Iqtiboslar

tahrirlash
  • Alloh bilan birga boʻlmoq – farz, dunyodan ayrilmoq – sunnatdir[1].
  • Allohning avliyo bandalarini sev, ularning koʻnglini olishga urin! Chunki Alloh taolo har kuni u oriflarning qalbiga uch yuz oltmish marta nazar soladi. Bu nazarlar davomida Alloh seni ham u yerda koʻrsin[1].
  • Eng yaxshi kishining ikki qoʻli ham toʻgʻri boʻladi, u bir qoʻli bilangina emas, ikki qoʻli bilan yaxshilik qiladi[1].
  • Hammadan yomoni semizlik va toʻqlikdir[1].
  • Har gal „La ilaha illalloh“ kalimasini zikr etishdan oldin ogʻzimni yetmish marta mushku gulob kabi xushboʻy narsalar bilan yuvaman[1].
  • Har kishi Xudoni bilsa, Xudoning yodidan oʻzgaga ogʻzi ochilmas[1].
  • Manmanlik qilmang, oʻzingizni boshqalardan yuqori tutmang. Toʻgʻri soʻzlang, toʻgʻri ishlang, ochkoʻzlik va harislikdan uzoqda boʻling[1].
  • Nafs shunday sifatki, botildan boʻlakka yurmas va solih amallar tarafiga hargiz mayl qilmas[1].

Manbalar

tahrirlash
  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.