Anbar otin Farmonqul qizi

Oʻzbek shoirasi

Anbar otin Farmonqul qizi (1870-yil – Qoʻqon – 1906-yil) – oʻzbek shoirasi. Otasi Uvaysiyning jiyani.

Anbar otin Farmonqul qizi
Vikipediyadagi maqola



Iqtiboslar

tahrirlash
  • Dunyoni bilmakka idroking garov,
    Zehn quymoqqa dili poking garov.
    Yaxshi ish qilmoq uchun yoʻqsa oʻquv,
    Sanga lozimdur oʻquv birlan oʻquv[2].
  • Foydasiz soʻzlamasa qaysi til,
    Ona til boʻlgʻay oʻsha til – ona til[2].
  • Har kimki oʻzin oʻyladi, eldin xabari yoʻq,
    Ul ablahi bedin ila savdo qila koʻrma[2].
  • Jahongir qoʻshinlarga qoʻysa otash,
    Aning boshigʻa boʻlgʻusi balokash[2].
  • Jahon ravshan ziyoyi ilmdandur,
    Koʻngil sofi safoyi ilmdandur[2].
  • Kasb etar ohista-ohista kishi fazl-u hunar,
    Bogʻaro bulbul bolasi xushnavo kam-kam boʻlur.
    Murgʻi vahshini qilolmas hech kim yakbora rom,
    Donayu domini qurding, mubtalo kam-kam boʻlur[2].
  • Kimekim mard erur insof lozim,
    Bilurgʻa soʻz durin sarrof lozim[2].
  • Kimki el gʻamidadur suxansanj,
    Aning har soʻzi dunyoda ulugʻ ganj[2].
  • Kimki maʼrifatni etsa eʼzoz,
    Ani irfon etar, albatta, mumtoz[2].
  • Murodingni hayoting ichra axtar,
    Ki mavhum ilm ichinda boʻlma axgar[2].
  • Odamda boʻlsa gar yaxshi tilak,
    Xalq uchun tebratgusi doim bilak[1].
  • Odam ersang maʼni bil dona-dona,
    Vatan erur senga ikkinchi ona.
    Soʻzlamasdin oldin soʻzingni sina,
    Har bir soʻzdir umring ichinda sina[2].
  • Odami aql-u nazokatda suluv,
    Boʻlsa axloqi sadoqatda suluv[2].
  • Qoshki, kulbam aro yakbora yorim kelsalar,
    Yoʻllarigʻa jon nisor aylay nigorim kelsalar[2].
  • Ulgʻayursan, sanda bor boʻlsa adab,
    Ulgʻayursan, sanga yer ulsa adab,
    Odam ersang, tashqi surata berma zeb,
    Ona yurtingni hamisha ayla zeb[2].
  • Xirad eligʻa kuksin tutdi qogʻoz,
    Ham irfon ishqida qon yutdi qogʻoz[2].
  • Yaxshi odamlar ishidan ibrat ol,
    Ibratomuz xizmat aylab, izzat ol[2].
  • Zulm boʻlgon oʻlkada qolmaydi fayz,
    Tonggacha kun nuridin olmaydi fayz[2].
  • Gʻarazgoʻy agʻyorlar soʻzigʻa bovar qilmakim,
    Dilsiyohlik keltirur oʻrtada gʻammoz ozgina[2].
  • Chun qadam quyding bu yoʻlgʻa boʻlma bematlab vale,
    Faxri zillat boʻl, talashma gʻurbati mansab vale[2].

Manbalar

tahrirlash
  1. 1,0 1,1 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  2. 2,00 2,01 2,02 2,03 2,04 2,05 2,06 2,07 2,08 2,09 2,10 2,11 2,12 2,13 2,14 2,15 2,16 2,17 2,18 2,19 2,20 Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet.