Abdulloh ibn Muborak
Abdulloh ibn Muborak (toʻliq ismi Abu Abdurahmon Abdulloh ibn al-Muborak al-Xanzaliy al-Marvaziy; 736-yil – 797-yil) – qomusiy olim, mashhur sufiy, muhaddis.
Abdulloh ibn Muborak | |
Vikipediyadagi maqola |
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
Iqtiboslar
tahrirlash- Ilmiga baxillik qilgan kishi uchta narsaning bittasi bilan balolanadi yoki oʻlib ketadi: ilmi behuda ketadi yoki podshoh bilan musibatlanadi yoki yod olgan ilmini esdan chiqaradi[1].
- Ilm oʻrganmasdan turib, ulugʻlikka intilgan kishiga hayronman[1].
- Kishi ilm oʻrganishda davom etayotgan pallada olimdir. „Olim boʻldim, endi bas“, deb xulosa chiqargan chogʻidan boshlab johildir[1].
- Mas’uliyatsiz, kayf-u safo ichra yashash ishtiyoqi va gunohlar qalbni butunlay oʻrab oladi. Yaxshilik va haqiqat tuygʻulari endi qalbga qanday qilib kirsin?![1]
- Niyatlarga koʻra qancha-qancha ishlar ulugʻ boʻladi, yana qancha-qancha katta ishlar niyatlarga koʻra arzimasga aylanadi[1].