Nodonlik — 1) bilimsizlik, ongi pastlik; johillik; 2) nodon kishilarga xos xatgi-harakat, ish; ahmoqlik.

Nodonlik
Vikipediya maqolasi
Vikilugʻatdagi maʼnolari
Wikimedia Commonsdagi media fayllari


Iqtiboslar

tahrirlash
  •  

Aqlli kishi qadr-u kamol, nodon kishi esa davlat-u mol qidiradi.

  Otalar soʻzi[1]
  •  

Aql odamni yashnatadi, nodonlik esa qaqshatadi.

  Otalar soʻzi[2]
  •  

Eng ogʻir dard nodonlik.

  Otalar soʻzi[3]
  •  

Nodonga nasihat qilsang, bir qulogʻidan kirib, ikkinchi qulogʻidan chiqib ketadi.

  Otalar soʻzi[4]
  •  

Nodonlik boyoʻgʻlidir, boyoʻgʻli esa doim xarobani izlaydi.

  Otalar soʻzi[5]
  •  

Nodonning foydasiga gapirsang, jahli chiqadi.

  Otalar soʻzi[4]
  •  

Nodonning vaqti foydasiz oʻtadi.

  Otalar soʻzi[5]
  •  

Nodon odamning gapi koʻp boʻladi.

  Otalar soʻzi[6]
  •  

Ogʻir balodir kim boʻlsa nodon,
Nodon uchun yoʻqdir dori-yu darmon!

  Otalar soʻzi[3]
  •  

Qanchadan-qancha odamlar aql bilan pastlikdan yuqoriga ko‘tariladi, qanchadan-qancha qadrli odamlar nodonlikka yo‘l qo‘yib, pastlik sari qulaydi.

  Otalar soʻzi[7]

Manbalar

tahrirlash
  1. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 57.
  2. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 61.
  3. 3,0 3,1 Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 63.
  4. 4,0 4,1 Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 62.
  5. 5,0 5,1 Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 64.
  6. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 59.
  7. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 58.

Adabiyotlar

tahrirlash