Mustafo Mahmud
Misrlik doktor, yozuvchi va faylasuf
Mustafo Kamol Mahmud Husayn (arab. مصطفى كمال محمود حسين; Mustafo Mahmud (arab. مصطفى محمود) nomi bilan tanilgan; 1921-yil 27-dekabr, Misr — 2009-yil 31-oktyabr, Giza, Misr) — misrlik shifokor, faylasuf va yozuvchi.
Mustafo Mahmud | |
Vikipediyadagi maqola | |
Vikiombordagi fayllar |
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
Iqtiboslar
tahrirlash- Allohdan qoʻrqish shijoatdir. Unga ibodat qilish hurriyatdir. Unga xorlik izhor etish karomatdir. Uning maʼrifati kuchli ishonchdir[1].
- „Bizga darveshning xirqasini kiydirib, bu din, deyishdi. Buzuqlikka gʻarq etib, bu sanʼat, deyishdi. Dinsizlikni oʻrgatib, ilm mana shu, deyishdi. Tabaqalar kurashi bilan boʻlib tashlab, bu ijtimoiy adolat, deyishdi“. — „Shayton uyimizda yashaydi“ kitobidan[2]
- Gapirish oson. Orzu-umid qilish gapirishdan ham oson. Xomhayolni hamma ham qilaveradi, lekin azmu shijoatli kishilargina muvaffaqiyatga erishadi[1].
- „His-tuygʻuga asir boʻlish qoloqlikdir, taraqqiyot emas! Taraqqiyot — his-tuygʻularimiz aqlimizga boʻysunishi va aqlimiz esa irodamizga taslim boʻlishidir. Irodamiz esa ideallarimizga ergashishidir“. — „Musofir hikoyalari“ kitobidan[2]
- Moddiy narsalar maʼnaviy narsalardan muhim boʻlganida, jasad yerga koʻmilib, ruh osmonga koʻtarilmagan boʻlur edi[1].