Meboyad did
„Meboyad did“ (tarjimasi „Koʻrmoq kerak“) – 1877-yilda Muhammad Husayn tomonidan fors tilidan yozilgan asar.
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
Iqtiboslar
tahrirlash- Baxtiyor boʻlishni istasang quyidagi xislatlarni oʻzingda mujassam qilgin: avvalo ota-onaning haqqini ado qil, ota-ona xursandligi kishi uchun dunyoda katta davlatdir[1].
- Birovga vaʼda bergan boʻlsang, vaʼdangga vafo qil! Vaʼdaga vafo qilish mard kishilar ishi, ulugʻ kishilarning esa chiroyli xislatlaridan biridir![1]
- Birov sendan uzr soʻrasa, uzrini qabul et. Uch olishdan koʻra uzrni qabul qilishda lazzat koʻp![1]
- Dunyoda hasad va ginadan ogʻirroq ranj yoʻq. Chunki hasadchi odam odamlarning shodligidan payvasta gʻam ostida yuradi. Oʻzgalar rohatidan doimo zahmat tortadi[1].
- Hasad shunday dardki dori-yu-darmon,
Qabul qilmas, dilni oʻrtar beomon.
Deydilar har hasad elga ziyondir,
Ammo hasadchiga eldan ham ziyon![1] - Hech qanday kishini, xoh u tirik boʻlsin, xoh u oʻlik boʻlsin, yomon soʻzlar bilan kamsitib gapirmaslik kerak![1]
- Inson oʻzini boshqalardan ortiq deb bilmasligi, oʻzini aqlli, oʻzgalarni aqlsiz deb tasavvur qilmasligi, har qanday yaxshi ishni oʻziga loyiq va oʻzgalarga noloyiq deb hisoblamasligi zarur. Bordi-yu yuqorida aytilganlarga yoʻl qoʻysa, demak, bu xudbinlik boʻladi. Xudbin odamlar oʻz kamchiliklarini koʻrmaydilar, koʻrsalar ham uni kamchilik deb hisoblamaydilar yoki tan olishni istamaydilar. Boshqalarning kamchiligini koʻrib qolsalar, shov-shuv koʻtarishga urinadilar[1].
- Ishing oʻngdan kelib zafar boʻlsa yer,
Uzr soʻrovchilar uzrin qabul qil!
Gunohkor oʻz feʼlin qurboni boʻlar,
Afu hidi tegsa tiriladi, bil![1]
- Kibr va gʻururdan uzoq boʻl, kibr kishini el orasida xor, beqadru beeʼtibor qiladi[1].
- Kimki birovni unda yoʻq yaxshi sifatlar bilan maqtasa, bu maqtov emas, balki xavf, yaʼni uning ustidan kulish bilan barobar[1].
- Kishidan rozi boʻlsa gar qarindosh,
Oshib obroʻyi, boʻlgʻay barchaga bosh![1] - Kishilarga ulardan avvalroq salom berishga shoshil, bu ulugʻ kishilarning fazilatlaridan boʻlib, kamtarlik nishonalaridan biridir[1].
- Kuching borki kibrga boʻlma yoʻldosh,
Kibr bir kun koʻzingdan toʻkkusi yosh.
Takabbur boʻlmasa odam jahonda,
Yashar izzatdayu, boʻlgʻay omonda![1]
- Qanoat aqlli odamlarning fazilatidir. Ammo qanoat qilish rizq qidirish va kasb bilan shugʻullanishdan tiyilish va ortiqchasiga intilmaslikdir. Qanoatli odam doimo ziyofat ichida va zavq-u safo orasida yurgan kabidir. Chunki qanoat yoʻlini tutgan odam har narsaga qaygʻu gʻam chekavermaydi. „Falonchi uni olibdi, pistonchi buni olibdi, men ham olishim kerak, nega unda boʻladi, menda boʻlmaydi“, deb jonini koyitavermaydi[1].
- Qarindosh-urugʻlaringni oʻzingdan uzoqlashtirma, ularga marhamat koʻzi bilan boq, gapiga quloq sol va hamisha yaxshiligingni ayama! Rahm uzoq yashash uchun vositadir va u kishining tinch, farovon yashashiga sababchi boʻladi![1]
- Yaxshilar aybidan koʻz yumgin har on!
Hasad koʻzi bilan boqmagil ziyon.
Oʻz aybing koʻrmoqqa yuz marta koʻz och,
Oʻzgaga bir bor ham koʻz ochishdan qoch![1] - Yaxshilik yaxshi nom keltiradi, saxovat esa kishini baxtiyor qiladi[1].
Oʻ
tahrirlash- Oʻzingni yomon kishilar suhbatidan uzoq tut, chunki yomon kishilar suhbati jahannam oʻtidan ham yomonroqdir. Har suhbatning bir taʼsiri boʻladi. Chunonchi, yaxshi kishilar suhbati fazilatni oshirsa, yomon kishilar suhbati zahmatni oshiradi[1].