Ka’bul Axbor
VII asrda yashagan musulmon olimi
Kaʼbul Axbor – VII asrda yashagan yamanlik yahudiy boʻlib, xalifa Umar davrida islomni qabul qilgan. U isroiliyot va musulmon rivoyatlarining eng eski roviysi hisoblanadi.
Ka’bul Axbor | |
Vikipediyadagi maqola | |
Vikiombordagi fayllar |
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
Iqtiboslar
tahrirlash- Allohdan qoʻrqib yigʻlashim va koʻz yoshlarimning yuzimga oqishi tanam ogʻirligicha tilloni sadaqa qilishimdan yaxshiroqdir. Qaysi banda Alloh taolodan qoʻrqib yigʻlasa-yu, koʻz yoshidan bir tomchi yerga tushsa, toki tomchi osmonga chiqib ketmagunicha unga do‘zax oʻti tegmaydi. Holbuki, osmondan tushgan tomchi qaytmagani singari u ham hech qachon samoga qaytmaydi. Dunyoda Allohdan qoʻrqib yigʻlagan kishiga hech qachon do‘zax oʻti yetmaydi[1].
- Bizlar Allohning oʻz paygʻambarlariga nozil qilgan kitobida quyidagi soʻzlarini topdik: „Kimni Meni zikr etish mashgʻul qilib, Mendan soʻrashni unuttirsa, unga Mendan soʻraganlaridan ham oliyrogʻini beraman“[1].
- Moʻminlarga shaytondan himoyalanish uchun uchta qoʻrgʻon bor: masjid, Allohni zikr etish va Qur’on oʻqish[1].
- Paygʻambarlarning kitoblarida oʻqidim. Kim gʻiybatdan tavba qilib oʻlsa, u jannatga kiruvchilarning oxiri boʻladi. Kim gʻiybatni davom ettirib oʻlsa, u doʻzaxga kiruvchilarning birinchisi boʻladi[1].