Ahmoqlik – ahmoqona xatti-harakat, nojoʻya ish; shunday xususiyatga egalik.

Ahmoqlik
Vikipediya maqolasi
Vikilugʻatdagi maʼnolari
Wikimedia Commonsdagi media fayllari



  •  

Ahmoq amaldan tez qulaydi.

  Otalar soʻzi[1]
  •  

Ahmoqning yuragi ogʻzida, aqlli odamning tili esa yuragida boʻladi.

  Otalar soʻzi[2]
  •  

Ahmoq odamdan achchiqlanmoq oʻlik ustida ashula aytmoq bilan teng.

  Otalar soʻzi[1]
  •  

Ahmoqqa salom bersang, mendan qoʻrqyapti deb oʻylaydi.

  Otalar soʻzi[2]
  •  

Ahmoq gʻazablansa, shayton unga akalik qiladi.

  Otalar soʻzi[3]
  •  

Hakimlar odamning ahmogʻini tashqaridan kuzatib bilib oladilar. Ahmoq kishi koʻngliga nima kelsa oqibatini oʻylamay qilaveradi. Tajribakor va aqlli odamlarning gapiga quloq solmaydi. Aqlsiz odamlar nima desa, ularga rozi boʻladi, oʻziga bino qoʻyadi. Kimki uni maqtasa, oʻsha kishini yaxshi koʻradi. Soʻralgan narsaga oʻylamay javob beraveradi. Har bir ishda shoshqaloqlikka yoʻl qoʻyadi. Ilmdan xoli, xatoga esa kon boʻladi. Boyib qolsa yoki birovga hojati tushmaydigan boʻlib qolsa hech kimni mensimay, magʻrurlanib yuradi. Soʻkinib gapiradi. Birov savol bersa javob bergisi kelmaydi. Savolga qoʻpollik bilan javob beradi. Oʻzi soʻramoqchi boʻlsa yalinib soʻraydi. Kulsa qah-qah urib kuladi, yigʻlasa undan oʻtkazadi[1]. — „Favoqih al-julaso“ asaridan

  Qayum Nosiriy
  •  

Oʻziga oʻzi maftun boʻlish ahmoqlikdir.

  Otalar soʻzi[1]

Manbalar

tahrirlash
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 66.
  2. 2,0 2,1 Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 65.
  3. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 67.

Adabiyotlar

tahrirlash