Firdavsiy

Fors-tojik shoiri va „Shohnoma“ asarining muallifi

Abulqosim Firdavsiy (940-yil – 1019/1025-yil) – fors-tojik shoiri va „Shohnoma“ asarining muallifi boʻlib, bu asar dunyodagi eng uzun dostonlardan biri hamda fors tilida soʻzlashuvchilarning eng ulugʻ dostoni hisoblanadi.

Firdavsiy
Vikipediyadagi maqola
Vikimanbadagi asarlar
Vikiombordagi fayllar



Iqtiboslar

tahrirlash
  • Birovga sogʻinsa har kim yomonlik,
    Nihoyat ul oʻzi topmas omonlik[1].
  • Donolar soʻziga quloq ilmasang,
    Eng nodon sendirsan – bilgil, bilmasang[1].
  • Gapirmagan gaping ichingda nihon,
    Har tomon yoyilar aytganing zamon[1].
  • Kimki tigʻ koʻtarar birov joniga,
    Zamon tashna boʻlur uning qoniga[1].
  • Qayda ravshan boʻlsa toʻgʻrilik nuri,
    Egrilik soʻnadi, quriydi shoʻri[1].
  • Tajribali it barsni tutib yer,
    Qochar tulkidan jang koʻrmagan sher[1].
  • Toʻgʻrilikdan kelmish hamma yaxshi ot,
    Egrilikdan foyda koʻrmadi bir zot[1].
  • Oʻzining aybini bilganda odam,
    Boshqalar aybini soʻzlamasdi ham[1].
  • Shon-shavkat yuksak maqsad sari intilganning mulkidir[1].

Manbalar

tahrirlash
  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.