Farididdin Attor

Fors soʻfiy shoiri

Farididdin Attor (asl ismi: Muhammad Abu Bakr ibn Ibrohim; tax.1148/1151-yil, Nishopur – 1219/1221-yil) – mutasavvif fors shoiri. Asarlarida tasavvufni targʻib qilgan. Mansur Halloj, Boyazid Bistomiy taʼlimotidagi gʻoyalarni davom ettirgan.

Farididdin Attor
Vikipediyadagi maqola
Vikiombordagi fayllar



Iqtiboslar

tahrirlash
  • Har kimki dilozordir,
    Hayoti ohu zordir[1].
  • Har kimki poknazardir,
    Jahonda moʻtabardir[1].
  • Ikki kishidan sen yashirma darding:
    Biri tabib erur, biri – hamdarding[1].
  • Inson ichida eng ablah inson,
    Nafs-havo ketidan boʻladi sarson[1].
  • Nokas eshigiga qadam qoʻymagʻil,
    Duch kelganda hatto holin soʻrmagʻil[1].
  • Parvona otashdan huzur topsa gar,
    Kuysa ham hech qachon etmaydi hazar[1].
  • Xoʻmrayib har kimsa achchiq soʻzlagay,
    Doʻstlari undan qochishni koʻzlagay[1].
  • Gʻamgin qaro kunda kim senga yor,
    Shodlik kuningda ham unutma zinhor[1].

Manbalar

tahrirlash
  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 1,18 1,19 1,20 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.