Buzurgmehr

Davlat arbobi va ijodkor. Xusrav I Anushirvonning vaziri (531–579)

Buzurgmehr – davlat arbobi, ijodkor. Xusrav I Anushirvon davrida (531–579-yillar) vazirlik qilgan. Otasi Baraka sosoniy hukmdorlarning nadimlaridan edi.

Buzurgmehr
Vikipediyadagi maqola
Vikiombordagi fayllar


  • Anushirvon Buzurgmehrdan: „Muloyimlik nima?“ deb soʻradi. U dedi: „Muloyimlik axloq dasturxonining tuzi. Hilm, yaʼni muloyimlik soʻzini teskari uqisang, milh, yaʼni tuz boʻladi. Hech bir ovqat tuzsiz taʼmga ega boʻlmaydi. Hech bir xulq ham hilm, yaʼni muloyimliksiz kamol topolmaydi!“ Anushirvon yana undan: „Muloyimlikning belgilari qanday boʻladi?“ deb soʻradi. „Uning uch alomati boʻladi“, – deb javob berdi Buzurgmehr, – birinchi – birov senga qovogʻini solsa yoki achchiq soʻzlarni aytsa ham, unga nisbatan shirin soʻz aytasan, agar u oʻz feʼli bilan xafa qilsa, uni xursand qilishga urinasan. Ikkinchi – gʻazab oʻt olib, osmonga oʻrlagan paytda ham, sukut qilib, xomush boʻlib turasan. Uchinchi – biror kimsa kirdikori bilan gʻazabga loyiq boʻlsa ham gʻazabni ichga yutib, oʻzingni bosasan!"[1]
  • Anushirvon Buzurgmehrdan soʻradi:
    – Shijoat nima? Buzurgmehr unga:
    — Yurakning quvvati! – deb javob berdi. Anushirvon yana undan:
    — Nega qoʻlning quvvati emas? – deb soʻradi.
    — Agar yuraqda quvvat boʻlmasa, – deb javob berdi Buzurgmehr, – qoʻlda ham quvvat boʻlmaydi, qoʻl quvvati yurak quvvatiga bogʻliq![1]
  • Bir kuni Buzurgmehrdan: „Soʻzlash yaxshimi yoki sukutmi?“ deb soʻradilar. U esa: „Soʻzlash!“ – deb javob berdi. Undan: „Nega boʻlmasa oʻtmish hakimlari doimo aksini aytib keldilar?“ deb soʻrashdi. Buzurgmehr: „Soʻzlash afzal deganimning maʼnosi shuki, agar bu vosita boʻlmaganda edi, sukutdagi beqiyos xislatlar ochilmay qolardi!“ – deb javob berdi[1].
  •  

Buzurgmehrdan:
— Nima uchun ustozingni otangdan afzalroq hurmat qilasan? — deb so‘radilar.
— Chunki otam meni o‘tkinchi hayotga olib keldi, ustozim esa boqiy hayot bag‘ishladi, — deb javob berdi.

  Otalar soʻzi[3]
  • Buzurgmehrdan soʻradilar: „Ey hakim, kishi uchun eng yaxshi narsa nima?“ Aytdi: „Jim turmoq, behuda soʻzlarni aytishdan koʻra indamay turmoq!“ Yana soʻradilar: „Agar u ham boʻlmasa-chi?“ Aytdi: „Agar u boʻlmasa kishi uchun adab yaxshidir!“ Yana soʻradilar: "Agar u ham boʻlmasa-chi? Aytdi: „Yoqimli xulq, odamlar bilan ochiq yuzli boʻlish, doʻstu dushman bilan murosa qilish!“ Yana soʻradilar: „Bu xislatlar ham boʻlmasa-chi?“ „U paytda odamning oʻlgani yaxshi!“[1]
  • Buzurgmehrdan soʻradilar: – Nega sen qulingdan ketgan narsaga xafa boʻlmaysan va qulingga kelgan narsadan shodlanmaysan? U dedi: – Qoʻldan ketgan narsani xafagarchilik bilan topib boʻlmaydi, aziz umrni esa mol-dunyo shodligi bilan behuda oʻtkazib boʻlmaydi. Shunday ekan, nega endi foydasiz narsa uchun gʻam chekay, menga bir umr vafo qilmaydigan narsa bilan quvonay?![1]
  • Buzurgmehrdan soʻradilar: „Odam uchun eng bebaho narsa nima?“ Aytdi: „Aql!“ Yana soʻradilar: „U boʻlmasa-chi?“ Aytdi: „Odob va axloq“. Soʻradilar: „U ham boʻlmasa-chi?“ Aytdi: „Koʻrkam hulq“. Soʻradilar: „U ham boʻlmasa-chi?“ Aytdi: „Boylik“, chunki boylik bilan yaxshilik qilib, har turli toifalar ichida tinch yashash mumkin. Yana suradilar: „U ham boʻlmasachi?“ Aytdi: „Jimlikni odat etish, chunki jim turish bilan odamning ayblari ochilmaydi va oʻzgalar taʼnasini va malomatini eshitmaydi?“. Soʻradilar: „U ham boʻlmasa-chi?“ Aytda; „Chaqmoq va yashin yaxshi, chunki yuqoridagi shuncha xislatlardan birortasi boʻlmagan odamning chaqmoq va yashin oʻti ostida ulgani maʼqul!“[1]

Manbalar

tahrirlash
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet. 
  2. 2,0 2,1 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  3. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 17.

Adabiyotlar

tahrirlash