Anushirvon
Sosoniylar sulolasiga mansub Eron podshohi
(Xusrav I Anushirvondan yoʻnaltirildi)
Anushirvon (toʻliq ismi Xusrav I Anushirvon) – sosoniylar sulolasiga mansub Eron podshohi.
Anushirvon | |
Vikipediyadagi maqola | |
Vikiombordagi fayllar |
Iqtiboslar
tahrirlash- Anushirvon Buzurgmehrdan soʻradi:
— Shijoat nima? Buzurgmehr unga:
— Yurakning quvvati! – deb javob berdi. Anushirvon yana undan:
— Nega qoʻlning quvvati emas? – deb soʻradi.
— Agar yuraqda quvvat boʻlmasa, – deb javob berdi Buzurgmehr, – qoʻlda ham quvvat boʻlmaydi, qoʻl quvvati yurak quvvatiga bogʻliq![1]
- Anushirvon bir kuni Yunondan: — Eng yaxshi yashash qanday yashash? — deb so‘radi. — Salomat bo‘lish va xotirjam yashash eng yaxshi yashash! — deb javob berdi u va davom etib dedi: — Ammo yaxshi nom qoddirish abadiy yashashdir![1]
- Anushirvon Buzurgmehrdan: „Muloyimlik nima?“ deb soʻradi. U dedi: „Muloyimlik axloq dasturxonining tuzi. Hilm, yaʼni muloyimlik soʻzini teskari uqisang, milh, yaʼni tuz boʻladi. Hech bir ovqat tuzsiz taʼmga ega boʻlmaydi. Hech bir xulq ham hilm, yaʼni muloyimliksiz kamol topolmaydi!“ Anushirvon yana undan: „Muloyimlikning belgilari qanday boʻladi?“ deb soʻradi. „Uning uch alomati boʻladi“, – deb javob berdi Buzurgmehr, – birinchi – birov senga qovogʻini solsa yoki achchiq soʻzlarni aytsa ham, unga nisbatan shirin soʻz aytasan, agar u oʻz feʼli bilan xafa qilsa, uni xursand qilishga urinasan. Ikkinchi – gʻazab oʻt olib, osmonga oʻrlagan paytda ham, sukut qilib, xomush boʻlib turasan. Uchinchi – biror kimsa kirdikori bilan gʻazabga loyiq boʻlsa ham gʻazabni ichga yutib, oʻzingni bosasan!"[1]
- Aytishlaricha, bir arab sarkardasi bor edi. Qarib qolishiga qaramasdan uning dilida hamon shijoat yoʻqolmagan edi. Bir kuni otga minmoqchi boʻldi. Ikki kishi kelib, uning qultigʻidan olib, otga zoʻr-bazoʻr mindirib qoʻydilar. Ulardan biri taʼna qilib: „Otiga zoʻrga mindirib qoʻydigu, uning qoʻlidan nima ish kelardi?“ dedi. Buni eshitgan sarkarda boyagi odamga dedi: „Ha, otga ikki kishi mindirdi, ammo uni ming kishi ham tushira olmaydi!“.
Buni eshitib turgan Anushirvon unga tahsin oʻqidi va dedi: „Ha, u rost aytadi, qoʻl yurak quvvatiga tobeʼdir, uning yuragida botirlik kuchi bor!“[1]