Charlie Chaplin
Charlie Chaplin (talaffuzi: Charli Chaplin; 1889-yil 16-aprel – 1977-yil 25-dekabr) – ingliz komik aktyori, rejissor, bastakor, ovozsiz kino davrining muhim shaxslaridan biri boʻlgan.
Charlie Chaplin | |
![]() | |
![]() | |
![]() | |
![]() |
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
- Aql bilan qilingan xato, aqlsizlik bilan qilingan xatodan koʻproq balo keltiradi[1].
- Aql meni xavotirga solishi, hatto kasal qilib qoʻyishi mumkin. Biroq uni yuragim bilan uygʻunlashtira olsam, u oʻsha zahotiyoq mening bebaho ittifoqchimga aylanadi[2].
- Aslida qayerda yashashingning umuman farqi yoʻq, asosiysi kim bilan yashashing[1].
- Hamisha yerga qarab yuradigan odam kamalakni koʻrolmaydi[2].
- Hamma gap samimiyatda. Chol banan poʻchogʻiga sirpanib yiqilib tushdi – bunga kulmaymiz. Lekin bu holat takabbur va boy jentelmen bilan sodir boʻlsa, miriqib xoxolaymiz[2].
- Hayotdagi eng qaygʻuli hol – hashamatga oʻrganib qolishdir[2].
Hayot katta planda qaraganda tragediya, uzoqdan qaraganda komediyadir[1]. — The Guardian gazetasidagi marhumga bag‘ishlangan maqolada qayd etilgan. (1977-yil 28-dekabr) | |
Life is a tragedy when seen in close-up, but a comedy in long-shot. |
- Hayot repetitsiya qilinmaydigan pyesadir. Shu bois parda tushib, spektakl tugamagunicha hech qanday qarsakni kutmay kuylang, yigʻlang, raqsga tushing, kuling va qoʻlingizdan kelganicha yaxshi yashang[2].
- Hayot – repetitsiyasiz pyesaga oʻxshaydi. Yaʼni sahna tugab, parda olqish-u suronlarsiz yopilgunicha koʻnglingiz istaganicha oʻynang, kuling, yigʻlang[1].
- Hech qachon bola boʻlmaganlar katta ham boʻlmaydilar[2].
Komediya suratga olish uchun menga park, politsiyachi va bitta chiroyli qiz kifoya qiladi[2]. — My Autobiography (1964), Ch. 10. | |
All I need to make a comedy is a park, a policeman and a pretty girl. |
- Koʻzgu – mening yaqin doʻstimdir. Chunki men yigʻlasam, u hech qachon kulmaydi[1].
- Mening ogʻrigʻim kimningdir kulgisiga sabab boʻlishi mumkin, lekin mening kulgim kimningdir ogʻrigʻiga sabab boʻlmasligi kerak[2].
- Mening ogʻrigʻim kimnidir kuldira olishi aniq, biroq kulishim hech qachon hech kimga ogʻriq keltirmasligini istardim[1].
- Men kambagʻallikda hech qanday joziba yoki ibrat koʻrmayman. U menga hech narsani oʻrgatmadi, hayotiy qadriyatlar haqidagi tasavvurlarimni buzdi, xolos. Jamiyatning oliy sinfi deb ataluvchi boylarning iqtidori va fazilatlarini hurmat qilmaslikni uqtirdi[2].
- Men siyqasi chiqqan mavzudan qoʻrqmayman. Hayotning oʻzi toʻlasicha siyqalik. Axir har birimiz yashaymiz va oʻlamiz, bir kunda uch mahal ovqatlanamiz, sevamiz va sevmay qoʻyamiz[2].
- Tabassumsiz kun – yoʻqotilgan kun[2].
Gʻ
tahrirlash- Gʻoya qanday yaraladi? Faqat telbalik asosidagi ishonchli qidiruv bilan[1].
Manbalar
tahrirlash- ↑ 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 Rahmat BOBOJON tarjimasi: „Bolaligi boʻlmagan odamning keksaligi ham boʻlmaydi – Charli Chaplindan iqtiboslar“. Oyina.uz (28-yanvar 2025-yil).
- ↑ 2,00 2,01 2,02 2,03 2,04 2,05 2,06 2,07 2,08 2,09 2,10 2,11 2,12 2,13 „Ziyouz.uz — Ziyo istagan qalblar uchun!“.