Abdulloh ibn Umar
Abdulloh ibn Umar (Ibn Umar nomi bilan mashhur)(610-yil – 693-yil) – Muhammad paygʻambarning sahobasi va ikkinchi xalifa Umarning oʻgʻli.
Abdulloh ibn Umar | |
Vikipediyadagi maqola | |
Vikiombordagi fayllar |
Iqtiboslar
tahrirlash- Agar biror kishi xufton va bomdod namozlarida jamoatga chiqmasa, uni munofiq, deb gumon qilardik[1].
- Bandaning vujudida pokiza tutilishi lozim boʻlgan eng muhim aʼzo tildir[1].
- Bir bandaga dunyo molidan nima yetsa, saxiy boʻlsa ham, Alloh nazdidagi darajasi pasayadi[1].
- Misvok ishlatilgandan keyin oʻqilgan namoz misvok qilmasdan oʻqilgan yetmish besh namozdan koʻra fazilatlidir[1].