Abdulloh ibn Abbos
Islom taʼlimoti sharhlovchilaridan, faqih, Muhammad paygʻambarning amakivachchasi
Abdulloh ibn Abbos (619-yil – 686-yil) – islom taʼlimoti sharhlovchilaridan, faqih, Muhammad paygʻambarning amakivachchasi.
Abdulloh ibn Abbos | |
Vikipediyadagi maqola | |
Vikiombordagi fayllar |
Iqtiboslar
tahrirlash- Alloh taolo sen haqingda qanday hukm chiqarishini bilmay turib kulishing – qilgan gunohingdan ham kattaroq gunohdir. Fursatni qoʻldan boy berib, qilolmay qolgan bir gunoh ish uchun xafa boʻlishing – gunohdan koʻra kattaroqdir[1].
- Gunoh ish qilayotganingda Alloh seni koʻrib turgani holda qalbing choʻchib-titramasdan, shamolning eshik pardasini shitirlatishidan qoʻrqishing sodir etgan gunohingdan kattaroqdir[1].
- Ilm olishda qiynaldim, bir oz xorlandim, tilagim hosil boʻlgach, azizu mukarram boʻldim[1].
- Inson faqat Allohning fazli bilangina koʻz yosh chiqaradi. Farishta kishi qalbini silamagunicha uning koʻzidan yosh chiqmaydi[1].
- Insonlarga yaxshilikni oʻrgatuvchi muallim haqqiga barcha narsalar, hatto dengizdagi baliqlar istig‘for aytadi[1].
- Kechaning bir qismida ilm muzokarasi bilan mashgʻul boʻlish menga kechani butunlay bedor oʻtkazishdan mahbubroqdir[1].
- Kim bir namozni ataylab tark etsa, Allohga gʻazablanib turgan holida yoʻliqadi[1].
- Kim boyni ikrom qilib, kambagʻalni xorlasa, laʼnatlangandir[1].
- Kishi niyatiga qarab saqlanadi[1].
- Nujum ilmiga ergashmanglar, chunki u sehr va folbinlikka olib boradi[1].
- Qilgan gunohingdan keyingi yomon oqibatdan amin boʻlma. Hech bir gunoh yoʻqki, uni qilganingdan soʻng yanada kattasi orqasidan kelmasin. Zero, gunoh qilayotganingda oʻng va chap tomondagi farishtalardan uyalmasliging sodir etgan gunohingdan kattaroqdir[1].
- Sulaymon alayhissalomga yo ilmni yoki mol-dunyoni tanlash ixtiyori berildi. Shunda u zot ilmni tanladilar. Keyin u kishiga mol-mulk ham ato etildi[1].
- Tafakkur bilan va bajonidil oʻqilgan ikki rakat namoz butun tun boʻyi istar-istamas oʻqilgan namozdan xayrliroqdir[1].
- Yaxshilik haqida oʻylashlik oʻsha yaxshilikka amal qilishga undaydi. Yomonlikka nadomat esa, oʻsha yomonlikni tark etishga chorlaydi[1].
- Yaxshi narsa haqida tafakkur etish unga amal qilishga undaydi, yomon narsa haqida oʻylash undan qochishga undaydi[1].