Yalang‘och iqtisodiyot
Charles Wheelanning kitobi
Yalangʻoch iqtisodiyot: Murakkab sohaning sodda qiyofasi – Charles Weelan tomonidan yozilgan boʻlib, muallif kitobda asosiy iqtisodiy masalalarni hammaga tushunarli tilda yozgan[1].
Iqtiboslar
tahrirlashI bob. Bozorlar kuchi: Parijni kim boqadi?
tahrirlash- Doʻkonlar odamlar istaydigan mahsulotlarni sotishadi va oʻz navbatida kompaniyalar bozorda talabgir mahsulotni ishlab chiqaradi.
- …biz, yaʼni qulay sharoitlarda yashaydigan insonlar oʻz xohishlarimizni rivojlanayotgan mamlakatlarga zoʻrlik bilan singdirishimiz qanchalik toʻgʻri? Iqtisodchilar buni notoʻgʻri deyishadi, biroq biz har doim shunday qilamiz.
- …xohish-tanlovlarimizni bizdan boshqacha sharoitlarda yashaydigan insonlarga qabul qildirish yomon iqtisodiyot misolidir.
- Unutmang, foyda keltiradigan narsa faqat moddiyat boʻlishi shart emas.
- Nimaningdir haqiqiy qiymati unga erish uchun nimadan voz kechishingiz bilan belgilanadi.
- Yaxshi foyda topadigan firma 30 dollarlik mahsulotdan 80 dollarlik ovqat tayyorlaydigan oshpazga oʻxshaydi.
- Bozordagi katta ulushni egallash uchun boshqalardan koʻra ozgina koʻproq qobiliyatga ega boʻlsangiz bas.
- Demak, daromadni koʻpaytirishning bir yoʻli – ishlab chiqarishni arzonlashtirish.
- Bozor oʻz holicha ahamiyatli boʻlgan mahsulotni emas, balki tanqis mahsulotlarni qadrlaydi.
- Bozor bizni kerakli narsalar bilan emas, balki biz sotib olmoqchi boʻlgan narsalar bilan taʼminlaydi.
- Biz aslida tasodifda maʼno koʻramiz va natijada hatto faktlar, ehtimollar nazariyasi yoki qisqacha tahlil umuman teskarisini koʻrsatsa-da „hozir sodir boʻlayotgan barcha hodisalar kelajakda ham davom etadi“ deb oʻylaymiz.
- Ish bizga bevosita foyda keltirganda, yana koʻproq ishlaymiz va mashaqqatli mehnat ortidan koʻpincha juda muhim ijtimoiy yutuqlarga erishamiz.
II bob. Ragʻbatlar muhim: qanday qilib burningizni kesib tashlash orqali omon qolishingiz mumkin (agar) qora karkidon boʻlsangiz)?
tahrirlash- …atrof-muhitni muhofaza qilish yukini boshqa birovga yoki biron-bir tashkilotga yuklab qoʻyib, ishyoqmas pozitsiyasini tanlash oson.
- Ragʻbatlar muhim. Bizga qilgan ishimiz hajmiga qarab toʻlashsa, koʻproq ishlashni boshlaymiz.
- Dunyoni harakatga keltirib turgan narsa aynan shaxsiy manfaatdir.
- Kishining qobiliyatlari test natijalari bilan koʻrsatiladigan bugungi kunda yorqin iqtidorga ega insonlar oʻqituvchilik kasbidan jon-jahdi bilan qochmoqda.
- Umumiy muammo oʻsha-oʻsha: barcha oʻqituvchilarga bir xil maosh toʻlaydigan tizim eng iqtidorli kishilarni maktab tashqarisidan ish izlashga ragʻbatlantiradi.
- Unutmangki, pul nomukammal baʼzida esa hatto samarasiz ragʻbatdir.
- …yuqori narxlar talabni pasaytiradi.
- Muvaffaqiyatli siyosat odamlarning xulq-atvorini kerakli natija tomon yoʻnaltirishga xizmat qiladi. Muvaffaqiyatsiz siyosat yo ragʻbatlanrish masalasini eʼtiborsiz qoldiradi, yoki odatda mantiq bilan ish koʻradigan odamlar jazodan qochib-qutilish uchun oʻz xulq-atvorini qanday keskin oʻzgartira olishlari mumkinligini hisobga olmaydi.
- Baʼzan odamlarni oʻzlaridan qutqarish kerak.
- …bozor iqtisodiyoti nafaqat gʻoliblarni mukofotlashi, balki yutqazganlarni parcha-parcha qilib tashlashi sababli mehnatsevarlik va taraqqiyotni ragʻbatlantiradi.
- Mahsulotlarni arzon narxlarda sotib olish koʻproq daromad olish bilan tengdir.
- Raqobat muhitida har doim kimdir yutqazadi, shuning uchun ham soʻzda raqobatni bemalol qabul qilamiz, amalda esa koʻpincha unga gʻazab bilan qarshi chiqamiz.
- …raqobat unda, boshqalar qatnashgan taqdirdagina eng yaxshi natija beradi.
- Agar sichqon ovlash uchun yaxshiroq qopqon ishlab chiqarsangiz, butun dunyo eshigingiz tagiga keladi. Agar hamon eskicha qopqonlarni ishlab chiqarsangiz, undan ayrim ishchilaringizni ishdan boʻshatish vaqti keldi.
- Dastur, tashkilot va tizimlar insonni toʻgʻri ragʻbatlantirsagina, samaraliroq ishlaydi. Bu oqib boʻylab suzishga oʻxshaydi: odam eshkak eshadi, daryo esa unga yordam beradi.
III bob. Hukumat va iqtisodiyot: Hukumat doʻstdir odamga (va barcha yuristlar sharafiga gulduros qarsaklar).
tahrirlash- Biz biron-bir narsani qanchalik qadrlashimiz unga qancha toʻlashga tayyor ekanimiz bilan belgilanadi.
- Yaxshi hukumat bozor iqtisodiyoti ishlashiga imkoniyat yaratidigan hukumatdir.
- Haqiqat shuki: hech kim hakamlarni yoqtirmaydi, ammo ularsiz jahon chempionatini oʻtkazib boʻlmaydi.
- Zamonaviy iqtisodiyotda boylikni taqsimlashga oid muammolarning ham aniq bir yechimi yoʻq, oʻngchi yoki soʻlchi siyosatchilar nima deyishsa ham.
- …biz nafaqat katta televizorga egalik qilishdan, balki televizorimiz qoʻshnilarnikidan kichik boʻlmasligi yoki ularnikidan kattaroq ekanidan ham huzur-halovat topamiz.
- Jamiyat bizni oʻzimizga zarar beradigan ishlarni qilishimizdan cheklashi lozim.
- Har bir kishi har qanday vaqtda xohlagan tanlovini amalga oshirishi mumkin. Ammo hayratlanarlisi shundaki, koʻplab odamlar ularga dastlab qaysi tanlovni koʻrsatgan boʻlsangiz, oʻsha tanlovda sobit boʻlib qoladi.
- Iqtisodiyot qanchalik murakkablashsa, davlat muassasalari shunchalik murakkab va dono boʻlishi talab etiladi.
- Baʼzi narsalar borki, ular hayotimni yaxshilasa-da, men ularni sotib ololmayman.
VI bob. Hukumat va iqtisodiyot 2: oʻsha otvyortkani 500 dollarga sotib olish harbiylar uchun omadli bitim edi.
tahrirlash- Gap shundaki, davlat baʼzi vazifalarni yaxshi uddalasa, boshqalarida fojiaviy xatolarga yoʻl qoʻyadi. Hukumat tashqi taʼsirlar bilan bogʻliq jiddiy muammolarni muvaffaqiyatli hal qilishi mumkin. Ammo bir paytning oʻzida mamlakat iqtisodiyotini vayron qilishi ham mumkin. U oʻz fuqarolarini eng muhim ijtimoiy neʼmatlar bilan taʼminlashi mumkin yoki ulkan soliq tushumlarini mutlaqo samarasiz dasturlar va istiqbolsiz loyihalarga sarflab yuborishi ham mumkin. Davlat boylikning bir qismini boylardan kambagʻallarga oʻtkazish orqali boylikni adolatli taqsimlashi yoki oddiy fuqarolarning pullarini olib, siyosatchilarga berishi mumkin. Xullas, davlat bozor iqtisodiyotining poydevorini qurish yoki, aksincha, bozor faoliyatini boʻgʻishga xizmat qilishi mumkin. Bularning orasidagi tafovutni ilgʻash qiyin, chin donolik esa mana shu farqni ajratib olishdadir.
- Hukumat faoliyati koʻpincha samarasiz deb taʼriflanadi. Aslini olganda esa, davlat tashkilotlari ragʻbatlarga yarasha ishlaydi.
- Agar xususiy sektor bu ishni bajara olmaydi, deb oʻylash uchun jiddiy asoslar boʻlmasa, hukumat biror-bir mahsulot yoki xizmatning yagona yetkazib beruvchisiga aylanmasligi kerak.
- Davlat iqtisodiyotning bir qismini nazorat qilsa, tanqis resurslar bozor tomonidan emas, balki aktokrat, byurokrat yoki siyosatchilar tomonidan taqsimlanadi.
- Xususiy sektor resurslarni eng katta daromad keltiradigan joyga yoʻnaltiradi. Davlat esa, aksincha, siyosiy maqsadga muvofiq boʻlgan joyga yoʻnaltiradi.
- Biroq iqtisodiyot siyosat ixtiyorida qanchalik kam boʻlsa, shuncha yaxshi.
- Bozorni tartibga solish kapital va ishchi kuchining oqimini buzishi, mahsulot va xizmatlarning narxini oshirishi, innovatsiyalarga toʻsqinlik qilishi yoki umuman iqtisodiyotni kishanlab qoʻyishi mumkin.
- …keragidan ortiq nazorat tadbirkorlarni hech qanday tartib boʻlmagan „yashirin iqtisodiyot“ga oʻtishga undaydi.
- …ortiqcha nazoratni oʻrnatuvchi qonunlar shu qonunlarni kiritgan mansabdor shaxslar uchun potensial daromad manbaidir.
- …statistikani koʻrsatib yolgʻon gapirish osondir, ammo statistik maʼlumotlarsiz yolgʻon gapirish undan-da oson.
V bob. Axborot iqtisodiyot: „McDonaldʼs“ hamburgerlari boshqalarnikidan farq qilmaydi.
tahrirlash- Biz bilmaydigan narsa bizga katta zarar yetkaza oladi.
- Axborot muhim, ayniqsa, bizga kerakli hamma narsaga ham egalik qilmaganimizda.
- Men pulimning yarmini behuda sarflayotganimni bilaman, qaniydi aynan qaysi yarmini behuda sarflayotganimni bilganimda. (Reklama sohasidagi eski bir afrorizm)
- Biz sifatini darhol baholab boʻlmaydigan mahsulot va xizmatlarni butun hayotimiz davomida xarid qilamiz.
- Brendlash vositasida xalqaro kompaniyalar bizga kerak boʻlmagan mahsulotlarni sotib olishga bizni undashi koʻpincha tanqid ostiga olinadi. Iqtisodiyot esa voqelikni boshqacha talqin qiladi: brendlash murakkab iqtisodiyotning ishlashi uchun, ishonchni taʼminlashga yordam beradi.
- Brend mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar xaridorlarni oʻzlarining mahsulotlarini boshqalarnikidan farq qilishiga ishontirish orqali monopoliya yaratadi va shunga qarab narx belgilaydi.
- Baʼzan biz mahsulotlar sifatini tasdiqlovchi maʼlumotlarni olish uchun uchinchi tomonga pul toʻlaymiz.
- Isteʼdodli, gʻayratli (va ota-onasi ham gʻayratli boʻlgan) shaxslar qayerda, qay tarzda oʻqimasin, hayotda muvaffaqiyatga erishadi.
- Bizga bolaligimizdan kitobni hech qachon muqovasiga qarab baholamaslikni oʻrgatib kelishadi. Ammo shunday qilishimizga toʻgʻri keladi, chunki koʻpincha muqovasidan boshqa hech narsa bizga koʻrinmaydi.
VI bob. Samaradorlik va inson kapitali: nega Bill Geyts sizdan shu qadar boy?
tahrirlash- Mehnat bozori boshqa bozorlardan farq qilmaydi: isteʼdodning ayrim koʻrinishlari uchun talab koʻproq. Kishining bilim va koʻnikmalari qanchalik noyob boʻlsa, u shunchalik yaxshi haq oladi.
- Albatta, oʻqigan ishchilarning maoshlari oʻqimaganlarnikidan koʻproq boʻladi. Chunki taʼlim koʻrganlar tez oʻzgaruvchi iqtisodiy sharoitlarga yaxshiroq moslasha oladi. Demak, texnologik taraqqiyotning salbiy taʼsiridan ular koʻproq himoyalangan.
- ...barchamizdagi inson kapitalining umumiy yigʻindisi (bir xalq sifatida biz biladigan va qila oladigan hamma narsaning yigʻindisi) jamiyatimiz qanchalik rivojlanganini belgilaydi.
- Demak, iqtisodiy boylikning asosiy qismi olmoslar, binolar, neft yoki toʻla hamyonlar emas, balki miyamizdagi bilimlardir.
- Oʻn baravar kamroq maosh oladigan, ammo mahsulotning atiga oʻndan bir qismini ishlab chiqaradigan ishchini yollash aslo yaxshi bitim emas. Ammo oʻn baravar kamroq maosh oladigan ishchi ikki baravar koʻproq ishlab chiqarsa, buni foydali bitim deyishimiz mumkin.
- Iqtisodiyot ragʻbatlardan iborat, boyish istiqboli esa — katta ragʻbat.
VII bob. Moliya bozorlari: iqtisodiyot tez boyish (va ozish!) borasida nimalarni oʻrgatadi.
tahrirlash- Biz kelajakda muvaffaqiyatga erishish uchun bugungi isteʼmoldan voz kechamiz, bu esa bizni maqsadga erishishning soddaroq va tezroq usullariga oʻch qiib qoʻyadi. Bu usullar ish bermaganini koʻrgach, hayratga tushamiz.
- ...odamlar, kompaniyalar va hukumatlar bugun amalga oshirishi lozim boʻlgan, lekin qurib yetmaydigan ishlarni bajarish uchun kapitalga muhtoj, kerakli mablagʻ esa ularga moliya bozorlari tomonidan taqdim etiladi, faqatgina maʼlum bir narx evaziga.
- Siz oʻzingiz uchun foydani maksimal darajada oshirishga harakat qilyapsizmi, qolgan barcha bozor ishtirokchilari ham xuddi shunday qiladi.
- Siz oldindan bashorat qila olmaydigan hodisalar eng ahamiyatli hodisalardir.
- Ayni damda yaxshiroq yashash badali kelajakda nisbatan yomonroq hayot kechirishdir. Bugun kam harajat qilsangiz, mukofoti ertaga yanada yaxshiroq yashash boʻladi.
- Yuqori tavakkalli investitsiya loyihalari kapitalni jalb qilish uchun koʻproq daromadni taklif etishlari kerak.
- Tavakkalchilik mukofotlanadi — agar sabrli boʻlsangiz.
XIII bob. Lobbistlarning kuchi: iqtisodiyot bizga siyosat haqida nima deydi?
tahrirlash- Hukumatlar imtiyozlarsiz hech qanday foyda keltirmaydigan va imtiyozlar berilgan taqdirdagina daromad keltiradigan narsalar biln shugʻullanishga ragʻbat yaratib qoʻymasligi kerak.
IX bob. Hisob yuritish: kimning iqtisodiyoti kattaroq — siznikimi yoki meniki?
tahrirlash- ...turmushingizning farovonlik darajasi kassa chekidagi summaga emas, balki siz xarid qilgan mahsulot va xizmatlar hajmiga bogʻliq.
- Hali ham bir kun yigirma toʻrt soatdan iborat, lekin bu vaqt ichida biz amalga oshira oladigan ishlar hajmi ancha oʻzgardi.
- Iqtisodiy ogʻir damlarda tabiiy (va oqilona) reaksiyamiz tejamkorlikdir va bu umumiy iqtisodiy vaziyatni yanada yomonlashtiradi.
- Agar boshqa kuchli iqtisodiyotlar ham tanazzulga yuz tutsa, ular bizning mahsulot-u xizmatlarimizni sotib olmay qoʻyadi va biz ham huddi shunday qilishga majbur boʻlamiz.
- Yomon ragʻbatlantirish hech qanday ragʻbatlantirish boʻlmasligidan koʻra yaxshiroqdir va hozircha shuni qoʻllashdan oʻzga ilojimiz yoʻq.
X bob. Federal zaxir tizimi: nimaga choʻntagingizdagi dollar oddiy qogʻoz parchasi emas?
tahrirlashAsar haqida
tahrirlash- „Bravo, Charlz Uilan, imkonsiz narsani: iqtisodni o‘rganishni qiziqarli, tushunarli va kulgili qilganingiz uchun.“. — Deborah Copaken[2]
- „Men ushbu kitobni ozgina og‘riq va katta zavq bilan iqtisodiyotni tushunishni istagan har bir kishiga tavsiya qilaman.“. — Gary Becker[2]
- „Aniq, qisqa, maʼlumotga boy va dono.“. — Chicago Tribune[2]
Manbalar
tahrirlash- ↑ Charlz Uilan. Yalangʻoch iqtisodiyot: murakkab sohaning sodda qiyofasi. Toshkent: „Asaxiy Books“ loyihasi, „Nihol“ nashriyoti, 2023 — 540-bet. ISBN 978-9943-23-222-8.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Asaxiy Books. Charlz Uilan: Yalang‘och iqtisodiyot. Murakkab sohaning sodda qiyofasi.