Qalb iffati
Qalb iffati — Nuriya Cheleenning oʻzbek tilida 2022-yilda nashr etilgan kitobi. Turk tilidan Oʻtkirbek Muhammadsobir tarjima qilgan[1].
Iqtiboslar
tahrirlash- Sukut soʻzga chiqmagan tuygʻularning qalb tovushidir.
- Buyuklarni Alloh tarbiya qiladi: na ona, na ota.
- Hodisalarni qismatga, qismatni vaqt daryosiga otish kerak.
- Ayriliq muhabbatni oshirar ekan-a!
- Uyqudan uzoq, uyquning qoʻlidan yulingan onlar boʻlmay turib qullikda yoʻl boshlanmaydi. Maʼnaviy kamolot kechaning qoʻllariga berilgan.
- Jon hamisha Robbiga qochishni xohlaydi, uni tashqi olam bilan kishanlab nafs qafasiga solsang, siqiladi.
- Alloh ayollarga erkaklarni oʻzlariga asir qilish uchun itoat bergan.
- Iztiroblar baxtiyorlikning vaznicha boʻladi.
- Qalb goʻzal boʻlsa, gumon ham chiroyli boʻladi.
- Bandaning taqdir oldida rejasi boʻlmasligi kerak.
- Ayriliqda kishi darhol xotiralarga chopardi.
- Shubha tushsa, himoya ketadi. Vasvasa kelsa, aqlning muhokamasi bitadi.
- Tananing chirogʻi koʻzdir. Koʻz oydin boʻlsa, butun tana munavvar boʻladi. Koʻz yomon boʻlsa, butun badan yomon boʻladi.
- Hayol — hijronni visol bilan uchrashtiruvchi tuygʻu.
Manbalar
tahrirlash- ↑ Nuriya Cheleen. Qalb iffati. Toshkent: „Tirilish“ nashriyoti, 2022 — 240-bet.