Muvaffaqiyatli insonlarning 7 koʻnikmasi
Stiven R. Kovining kitobi
Muvaffaqiyatli insonlarning 7 koʻnikmasi (inglizcha: "The 7 Habits of Highly Effective People") – Stiven Kovining 1989-yilda ilk bor nashr etilgan shaxsiy rivojlanish haqidagi kitobi[1].
Iqtiboslar
tahrirlash- Qalbingizga shunday ishtiyoq bilan ishlov beringki, hayotiy muammolar undan chiqib ketsin.
- Manzilga yetish uchun sizdan talab ilinadigan eng birinchi va eng muhim talab – toʻgʻri xaritaga ega boʻlishdir.
- Qayerda turganimiz oʻtirgan joyimizga bogʻliq.
- Biz dunyoni oʻz holicha koʻrmaymiz. Aksincha, oʻzimiz qanday boʻlsak, dunyo koʻz oʻngimizda shundan shakllanadi.
- Har bir shaxs oʻz tajribasiga asoslangan individual linzaga egadir.
- Odatlarimiz kimligimizni koʻrsatadi. Shunday ekan, komillik biror harakatda emas, balki koʻnikmadadir.
- Qanday boʻlishimiz – koʻrishimizni oʻzgartiradi, oʻz navbatida qanday koʻrishimiz qanday boʻlishimizga taʼsir koʻrsatadi.
- Inson xulq-atvori – uning vaziyati emas, balki qarorlaridan kelib chiqadi.
- Hissiyotlaringiz harakatlaringizni nazorat qilyaptimi? Demak, oʻzingiz masʼuliyatdan voz kechib, shunga izn bergansiz.
- Muammoning oʻzimizdan „tashqarida“ deb oʻylashning oʻzi muammodir.
- Harakatlarimizni tanlashda erkin boʻlsak ham, ularning oqibatini tanlay olmaymiz.
- Bizni chaqib olgan ilonning ortidan quvish oqibatida butun tanamizga zahar tarqaladi. Shuning uchun ilonni taʼqib qilish oʻrniga, zaharni tanamizdan chiqarib tashlashni oʻylashimiz lozim.
- Yakunini yodda tutib ish boshlash deganda oʻz manzilingizni aniq tushunib, soʻng harakat boshlash nazarda tutiladi. Bu – qayerda ekaningizni aniqroq tushunish va tashlagan qadamlaringiz toʻgʻri yoʻnalishda boʻlishi uchun qayerga ketayotganingizni bilishingiz demakdir.
- Odamlar koʻpincha sarob gʻalabaga erishganini koʻp narsalarni qurbon qilib erishgan muvaffaqiyati aslida oʻzi istagandan koʻra qadrsizroq boʻlib chiqqanini kech anglaydi.
- Biz uchun nima eng muhimligini bilgan onimizdan boshlab, hayotimizda katta oʻzgarish sodir boʻladi. Endi biz har kuni qanday boʻlishimiz, nimalar qilishimiz lozimligidan voqif boʻlamiz.
- Bizning ishlarimiz samarali boʻlishi mumkin, biroq biz yakunni yodda tutib yashasakkina koʻproq narsaga erisha olamiz.
- Boshqaruv muvaffaqiyat narvonidan koʻtarilishdagi samaradorlik hisoblanada; muvaffaqiyat narvoni toʻgʻri devorga qoʻyilganini aniqlash yetakchilik boʻladi.
- Samaradorlik – changalzordagi mehnatimiz miqdoriga emas, balki toʻgʻri changalzorda mehnat qilayotganimizga bogʻliq.
- Samarali yetakchilikka ega boʻlmagan samarali boshqaruv bir odam aytaginidek: "Titanik palubasidagi stullarni toʻgʻrilashga oʻxshaydi".
- Biz hatto oʻz qadriyatlarimizni aniqlamasdan turib, maqsad qoʻyishga va unga erishish yoʻlida samarali boshqaruv oʻrnatishga mukkasidan ketganmiz.
- Muvaffaqiyat narsalarga egalik qilishda emas, balki oʻz ustingdan gʻalaba qozonishda.
- Tamoyillar oʻzgarmaydi; ular borasidagi fikrlarimiz oʻzgaradi.
- Franklning fikricha, biz hayotdagi vazifamizni ixtiro qilmaymiz, balki aniqlaymiz.
- Hayotda hammaning oʻziga xos muayyan vazifasi yoki topshirigʻi boʻladi. Yaʼni bir odam boshqa bir odamning oʻrnini bosa olmaydi yoki boshqa birovning hayotini yasholmaydi. Bundan kelib chiqadiki, har bir insonning maʼlum vazifani bajara olish imkoniyati ham, xuddi vazifasi kabi yagonadir.
- Tashkilotlar, jumladan, oilalardagi fundamental muammolardan biri – odamlar atrofdagilarning qarorini qabul qilmasligida.
- Ishtiroksiz masʼuliyat boʻlmaydi.
- Mamnuniyat – maqsad hosil boʻlgach vujudga keladigan hissiyotdir.
- Biror ishni tezroq yakunlanishini istasang, uni eng band odamga topshir.
- Aslida jadvalingizdagi vazifalarning ustuvorligini aniqlash emas, aksincha, ustuvor vazifalarni jadvalga solish lozim.
- Muvaffaqiyatni oʻzingiz bilan olib yurmasangiz, boshqalar bilan hech qachon muvaffaqiyatga erisha olmaysiz.
- „Shaxsiy gʻalabalar“ „ommaviy gʻalabalar“dan oldin keladi. Shaxsiy boshqaruv va shaxsiy intizom – boshqalar bilan yaxshi munosabat oʻrnatish poydevoridir.
- Munosabatlardagi muammoni tezkor davolash – bu shunchaki sarob.
- Sizga qanday muomala qilishlarini istasangiz oʻzgalarga shunday muomala qilish.
- Toʻgʻrilikning eng muhim belgilaridan biri oʻzi yoʻq boʻlgan insonlarga sadoqatni saqlashimizda namoyon boʻladi. Oʻzi hozir boʻlmaganlarni himoya qilsangiz, hozir boʻlganlarning ishonchini qozonasiz.
- Kimningdir sirini boshqa birovga aytib, vaqtinchalik lazzat – oltin tuxumni olishingiz mumkin, lekin bu gʻoz boʻgʻish evaziga boʻladi.
- Koʻpchilikda qarshilik uchun yetarli jasorat yoʻq, shu sababli aksariyat odamlar kamida jim turishni yoki gʻiybatga qoʻshilishni afzal koʻradi.
- Odamlar odatda notoʻgʻri xulosalar tufayli qilingan xatolarni kechiradi, lekin qasddan, yomon niyatda, yomon maqsadda qilingan xatolarni, birinchi xatoni magʻrurona oqlash sabab yuzaga kelgan galdagi xatoliklarni aslo kechirmaydi.
- Daraxtning ildizini oʻzgartirmasdan turib, mevani oʻzgartira olmaysiz.
- Oiladagi muhabbat bolalarga maʼlum manfaat asosida berilsa, muhabbatga egalik qilish uchun nimadir bajarishga toʻgʻri kelsa, ular oʻzini ortiq qadrli va sevimli his qilmaydi.
- Siz istagan natijalar – siz va boshqalar orasidagi hamkorlikka bogʻliq.
- Hech kim gʻolib boʻlmasa, magʻlub boʻlish unchalik daxshatli emas, axir.
- Gʻalaba paradigmasi bilan yashovchi inson oʻz maqsadlariga erishish haqida oʻylamaydi; boshqalarning maqsadlari toʻgʻrisida bosh qotirib oʻtirmaydi.
- Agar siz gʻalaba qozonish uchun vaqt va kuch sarf qilsangiz, boshqa yuksak qadriyatlarni oyoqosti qilishingiz mumkin. Ehtimol, yutuq bunga umuman arzimas.
- Agar siz odamlarni yomon tizimga qoʻysangiz, yomon natijaga erishasiz. Bogʻingizdagi gul oʻsib, gurkirashini istasangiz, unga avvalo suv quying.
- Biznesda boshqaruvning maqsadi – mehnatni shunday tashkillashtirish kerakki, bunda oʻzaro emas, balki tashqi raqobatchi bilan musobaqalashadigan, yelkama-yelka ishlaydigan yuqori samarador ishchilarning mustahkam jamoasini yaratish lozim.
- Bizda hamisha shoshib, yaxshi maslahatlar bilan muammoni hal etishga moyilmiz. Biroq uning asl mohiyatini oʻrganib chiqib, chuqur tahlil qilishni unutamiz.
- Aksariyat odamlar tushunish uchun emas, balki shunchaki javob qaytarish uchun tinglaydi.
- Qoniqtirilgan ehtiyojlar motivatsiya bermaydi. Qoniqtirilmagan ehtiyojlargina motivatsiya bera oladi.
- Jismoniy omon qolishdan keyingi eng katta ehtiyoj – bu psixologik omon qolishdir. Inson ruhan tirik boʻlishi uchun, uni tushunishlari, qabul qilishlari va qadrlashlari lozim.
- Tashxisga shubhalansangiz, retseptni qabul qila olmaysiz.
- Havaskor sotuvchi mahsulotni sotadi, professional esa – muammoni yechadi.
- Tushunish – toʻgʻri xulosa kalitidir. Baho berishga shoshsangiz, vaziyatni toʻgʻri tushuna olmaysiz.
- Muammoning ildiziga yetib bormasak, quruq yaxshi maslahat bilan vaziyat toʻgʻrilanib qolmaydi.
- Sinergiya – hayotning eng faol darajasi, barcha koʻnikmalarning birgalikda namoyon boʻlishidir.
- Oʻqituvchi sifatida men shunday xulosaga keldi, yaxshi darslarning aksariyati tartibsizlik chegarasida turadi.
- Hayot faqat mantiq emas, hissiyotlardan ham iborat.
- Bir xillik – birlik degani emas; oʻxshashlik yaxlitlikni bildirmaydi. Yaxlitlik yoki birlik – bir-birini toʻldirishdir. Bir xillik esa zerikarli, ijodkorlikka ruhlantirmaydi. Sinergiya mohiyati – farqlarni qadrlashdir.
- Inson tanasiga oʻxshab, televideniya yaxshi xizmatchi, lekin yomon xoʻjayin.
- Aqlni yangi maʼlumotlar bilan boyitish va eruditsiyani kengaytirishning eng yaxshi usuli – yaxshi kitoblarni oʻqishni odat qilishdir.
- Oʻqimaydiganlarning oʻqishni bilmaydiganlardan farqi yoʻq.
- Baʼzida chala oʻylab, muallif nima demoqchiligini fahmlamay, aqliy xulosa chiqarishga shoshamiz – shu bilan biz oʻqish samarasini pasaytiramiz.
- Aytishlaricha, urushda gʻalaba generallarning chodirida erishiladi.
- Xotirjamlikka erishish uchun hayotingizning toʻgʻri tamoyillar va qadriyatlar bilan uygʻunligini taʼminlashingiz lozim.
- Muhimi, yaxshilikni tanilish uchun emas, taʼsir oʻtkazish uchun qilish lozim.
- Pul topmasdan biznesni samarali yoʻlga qoʻyib boʻlmaydi, ammo pul tashkiliy mavjudlikning yagona sababi emasn. Biz ovqatlanmasdan yashay olmaymiz, ammo yashash uchun ovqatlanmaymiz.
- Haqiqiy moliyaviy mustaqillik – qoʻlingizdagi mablagʻ emas, balki mablagʻni ishlab chiqarish uchun yetarli qudratga ega boʻlish bilan oʻlchanadi.
- Muhabbatni asrash uchun suhbatlashish kerak – ayniqsa, hissiyotlar haqida.
- Oʻz-oʻzini haqiqiy anglash bizga ajdodlarimizni qadrlashga, nafaqat hozir kim ekanimiz, balki kim boʻlishimizni anglashimizga yordam beradi.
- Agar sizni bolaligingizda xafa qilishgan boʻlsa, bu siz ham farzandlaringizni xafa qilishingiz kerak degani emas.
- Ishonkim komil, inson tabiatining qonun yoki taʼlim bilan zabt etib boʻlmaydigan qirralari mavjud. Bu qirralarni ochish uchun Parvardigorning qudratiga muhtojmiz. Inson sifatida oʻzimizni oʻzimiz mukammal qila olmaymiz. Toʻgʻri tamoyillarga qanchalik mutanosib boʻlsak, mavjudligimiz mezonlarini bajarishga imkon beruvchi ilohiy tamoyillar ozodlikka chiqadi.
- Biz ruhiy tajribalarga ega insoniy mavjudot emasmiz. Biz insoniy tajribalarga ega ruhiy mavjudormiz.
Manbalar
tahrirlash- ↑ Stiven Kovi. Muvaffaqiyatli insonlarning 7 koʻnikmasi, Orifaxon Gʻulomova tarjimasi (Oʻzbek), Toshkent: "QAQNUS MEDIA" nashriyoti [1989], 2020 — 380-bet.