Molik Dinor
Molik Dinor (yoki Molik ibn Dinor) – „Nasoyim ul-muhabbat“da zikr etilgan tasavvuf namoyandasi. Hasan Basriyning shogirdi.
Molik Dinor | |
Vikipediyadagi maqola |
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
Iqtiboslar
tahrirlash- Agar kishi nafsida qoʻrqinch va umid alomatini bilsa, u ishonchli ishni ushlabdi. Qoʻrqinch alomati – Alloh taolo man qilgan narsalardan qaytish. Umid alomati – Alloh taolo buyurganlarini qilish[1].
- Badbaxtlik nishonasi besh narsadir: biri – ko‘ngil qattiqligi, ikkinchisi – koʻz yoshlanmasligi, uchinchisi – hayosizlik, toʻrtinchisi – dunyoni sevmoqlik, beshinchisi – dunyo uchun jondan andisha aylamoqlikdir[1].
- Biz – insonlar xuddi yaxshilikka undamaslik va yomonlikdan qaytarmaslik toʻgʻrisida bir-birimiz bilan kelishib olganga oʻxshaymiz. Bu ketishda boshimizga qanday azoblar tushajagini koshki bilsaydik[1].
- Dunyo hayotida qoʻlga kiritolmagan narsalaring uchun qanchalik achinsang, oxirat tushunchasi qalbingdan shunchalik oʻchiriladi[1].