Bayoniy
Oʻzbek shoiri, tarixchi, musiqashunos, xattot va tarjimon
Bayoniy (taxallusi; asl ismi Muhammad Yusufbek Bobojonbek oʻgʻli; 1858-yil, Qiyot qishlogʻi, Xiva – 1923-yil, Xiva, Patrak) – oʻzbek shoiri, tarixchi, musiqashunos, xattot va tarjimon.
Bayoniy | |
![]() |
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
- Bir tabassum birla xushdil qil, mani desang agar,
Koʻngli abtar, rangi chun zar, diydasi tar boʻlmasun[1].
- Feʼlu xulqu soʻzlarida rostliq ermas ayon,
Man muncha hayron, bu ne atvor ekandur, bilmadim.
Qilsalar har vaʼda shak yoʻq munda yolgʻondur bori,
Muncha yolgʻon soʻz nega darkor ekandur, bilmadim[1].
- Jahonda kamsuxan kim boʻldi, asrori nihon boʻldi,
Kimiki soʻzladi koʻp, bilki rasvoyi jahon boʻldi[1].
- Kulfat tushub boshigʻa, ogʻu tushub oshigʻa,
Kelmay kishi qoshigʻa, aqronu mehribonlar[1].
- Nodon sevar zamona, dod ilkidin netay,
Boshim olib figʻon ila bir tomon ketay[1].