Aziziddin Nasafiy

Qomusiy olim, tabib, tasavvuf falsafasining yirik vakili

Aziziddin Nasafiy (taxallusi;‏ ‎forscha: ‎‏ عزيزالدين نسفى; toʻliq ismi: Aziziddin ibn Muhammad an-Nasafiy; 1220-yil, Nasaf – Qashqadaryo – 1305-yil, Yazd, Abarkoʻh) – qomusiy olim, tabib, tasavvuf falsafasining yirik vakili. Shayx Najmiddin Kubro va Muhyiddin ibn al-Arabiy taʼlimotlarini oʻzaro bogʻlagan kubroviya mashoyixlaridan biri.

Aziziddin Nasafiy
Vikipediyadagi maqola



Iqtiboslar

tahrirlash
  • Hamma bilan yaxshi muomalada boʻl, hech kimni oʻzingga dushman qilma![1]
  • Haqiqiy va komil inson yomon xislatlardan, nomaʼqul va nomargʻub xulq-atvordan pok boʻladi, goʻzal sifat va axloq bilan oʻzini orasta qiladi, halol mehnat qilib umr kechiradi, yomonlardan chetlanadi, yaxshilar qatoridan joy oladi, hech kimga ozor bermaydi[1].
  • Odamning tashqi qiyofasiga emas, ichki dunyosiga eʼtibor berish kerak. Agar odamning tashqi qiyofasi ham, ichki dunyosi ham goʻzal boʻlsa, yanada yaxshiroqdir[1].

Manbalar

tahrirlash
  1. 1,0 1,1 1,2 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.