Avaz Oʻtar
Oʻzbek maʼrifatparvar shoiri, sartarosh, tabib
Avaz Oʻtar (taxallasi; asli ismi: Avaz Polvonniyoz oʻgʻli; 1884-yil 25-avgust, Gadikboʻyi, Xiva – 1919-yil, Xiva) – oʻzbek maʼrifatparvar shoiri, sartarosh, tabib.
Avaz Oʻtar | |
Vikipediyadagi maqola |
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
Iqtiboslar
tahrirlash- Agar har kimsa seni sevmas, borma aning sori[1].
- Dikar naxle chekib mehnat birovlar,
Vale andin kurar rohat birovlar[1]. - Doʻstlarim boʻlsun desang ahli jahon,
Xulqi xushluqni qil odat, ey Aziz[1].
- Furqat boshingga tushmayin vuslatni qadrin bilmading,
Ranj ila mehnat chekmayin rohatni qadrin bilmading[1].
- Gar pushaymon oʻlmayin desang, yana,
Boʻyla ahvoli qabohat aylama[1]. - Gul kabi bevaqt gʻuncha ochib noz qilma,
Bulbul kabi beparda nagʻma-yu ovoz qilma!
Gʻayri tilni saʼy qiling bilgʻali yoshlar,
Kim ilmu hunarlar rivoji andin ayondir.
Lozim sizga biluv har tilni ona tildek,
Bilmakka oni gʻayrat eting, foydasi kondur[1].
- Ilmu fan uyiga yuboringlar bolangizni,
Anda oʻquganlar bori yaktoi jahondir[1].