Arastu yoki Aristotle (talaffuzi: Aristotel; miloddan avvalgi 384/383; miloddan avvalgi 322/321) – qadimgi yunon faylasufi, Aflotun shogirdi va Aleksandr Makedonskiy ustozi boʻlgan. Fizika, metafizika, nazm, teatr, mantiq, ritorika, siyosat, etika, biologiya hamda zoologiyaga oid ishlar yozib qoldirgan.

Arastu
Vikipediyadagi maqola
Vikimanbadagi asarlar
Vikiombordagi fayllar
  • Arastu shunday yozadi: „Izzat tilasang iffatli boʻl, ulugʻlik tilasang muloyim boʻl, zafar tilasang adolat yoʻlini tut, qadr tilasang rostgoʻy boʻl, najot tilasang sabr qil, ilm oʻrganmoqchi boʻlsang jiddu jahd qil“[1].
  • Bu hayotda koʻp mehnat qilgan kishilargina muvaffaqiyatli boʻla oladilar: masalan, kim koʻp qurilishda ishlasa u yaxshi quruvchi boʻladi, kim arfani koʻp chalsa u yaxshi musiqachi boʻladi. Shunday tarzda, odilona harakatlanib biz adolatli inson boʻlamiz. Qiladigan ishlarimizni boshqarish orqali tartibli boʻlamiz, jasorat etadigan ishlarni qilib esa, kuchli inson boʻlamiz[2].
  1. Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet. 
  2. Robin Sharma. Eng sara asarlari, Oʻlsang kim yigʻlaydi?, Toshkent: "ILM-ZIYO-ZAKOVAT" nashriyoti, 2019 — 512-bet.