Yassaviy, Xoja Ahmad Yassaviy (tax. XI asrning ikkinchi yarmi – 1166-yil) – tasavvufning mashhur namoyandalaridan biri, turkiy xalqlarning buyuk shoiri.

Ahmad Yassaviy
Vikipediyadagi maqola
Vikiombordagi fayllar



Iqtiboslar

tahrirlash
  • Ayo doʻstlar, nodon birla ulfat boʻlub,
    Bagʻrim kuyub, jondan toʻyib, oʻldim mano.
    Toʻgʻri aytsam, egri yoʻlga boʻyin toʻlgʻar,
    Qonlar yutub, gʻam zahriga toʻydim mano[1].
  • Banda boʻlsang manmanlikni zinhor tashla,
    Saharlarda joning qiynab tinmay ishla[1].
  • Ey birodar, munofiqqa boʻlma ulfat,
    Kim ulfatdir boshi uzra yuz ming kulfat[2].
  • Nafs yoʻligʻa kirgan kishi rasvo boʻlur,
    Yoʻldan ozib, toyib, toʻzib, gumroh boʻlur.
    Nafsing seni oxir damda gado qilgʻay,
    Din uyini gʻorat qilib, ado qilgay,
    Oqil ersang, nafsi baddin blgʻil bezor[1].
  • Qayda koʻrsang koʻngli sinugʻ marham boʻlgʻil,
    Andoq mardum yoʻlda qolsa hamdam boʻlgʻil,
    Ummat boʻlsang gʻariblarga tobeʼ boʻlgʻil,
    Oyat, hadis har kim aytsa, someʼ boʻlgʻil[1].
  • Sunnat ermish kofir boʻlsa, berma ozor,
    Koʻngli qattiq dilozordan xudo bezor.
    Oqil ersang eranlagʻa xizmat qilgil,
    Amri maʼruf qilgʻonlarni izzat qilgʻil[1].
  • Tamagir koʻpgina narsalarga tamaʼ koʻzi bilan qaraydi. Biroq hech narsaga yetolmaydi, baribir muhtojlikda qolaveradi. Boylik kishini hech vaqt haqiqiy saodatga yetkazolmaydi. Tamagir esa baxt-u saodat odamga saltanat-u kumush orqali keladi, deb oʻylaydi[1].
  • Toʻgʻri yurgan oshiqlardan xudo rozi,
    Oshiq ishi oson emas, qilma bozi.
    Yolgʻonchilar „oshiqmen“ der, Olloh qozi,
    Imonini puchak pulga sotar ermish[1].

Manbalar

tahrirlash
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet. 
  2. Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.