Abu Bakr Siddiq
Sahoba, ilk xalifa
Abu Bakr Siddiq (toʻliq ismi: Abu Bakr Siddiq Abdulloh ibn Abu Qahhofa ibn Omir; tax. 573-yil – 634-yil 23-avgust) – islomni birinchilardan boʻlib qabul qilgan sahoba, dastlabki toʻrt xalifadan birinchisi (632–634). Tirikligida jannat bashorati berilgan sahobalarning birinchisi boʻlib, u Muhammad paygʻambarning eng yaqin safdoshi, qaynotasi. Yirik savdogar. Makkaning quraysh qabilasidan.
Abu Bakr Siddiq | |
Vikipediyadagi maqola | |
Vikiombordagi fayllar |
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
Iqtiboslar
tahrirlash- Bir joyda axloqsizlik yoyilsa, Alloh (yaxshi-yomonni ayirmay) barchaga birday balo yuboradi[1].
- Dunyo ila oxirat ikki oilasi bor kishiga oʻxshar. Inson birini rozi qilarkan, ikkinchisini ranjitadi[1].
- Dunyo – moʻminlarning bozori, kecha va kunduz – sarmoyalari, goʻzal amallar – tijorat mollari, jannat – foydalari, jahannam esa zararlaridir[1].
- Ey insonlar! Siz qay zamon tugashi sizga nomaʼlum bir umr ichida kun va tunlaringizni oʻtkazmoqdasiz. Agar qoʻlingizdan kelsa, bu hayotingizni solih amallar bilan oʻtkazing. Buni ham faqat Alloh taoloning yordami bilan amalga oshira olasiz. Ajalingiz sizdan ishlash fursatini olib qoʻymasdan turib, imkoniyatlaringizni ishga soling, xayrli amallarga shoshiling. Zero, ajallarini unutgan, amallarini boshqalarga tashlagan kimsalar ham bordir. Zinhor ular kabi boʻlmang. Tezroq boʻling, gʻaflatda qolmang… Yashayotgan kishilarga emas, oʻlganidan soʻng ular ortda qoldirayotgan goʻzal narsalarga havas qiling![1]
- Hech bir musulmon oʻzidan boshqa musulmonni haqir va kichik deb bilmasin, chunki kichik koʻringan musulmon Allohning nazarida kattadir[1].
- Mol ziqnalarning, qurol qoʻrqoqlarning, rahbarlik zaiflarning qoʻliga tushsa, ishlar buziladi[1].
- Qabrga tayyorgarliksiz kirgan kishi kemasiz dengizga tushgan odamga oʻxshaydi[1].