Abdurazzoq Samarqandiy
Muhaddis, tarixchi va elchi.
Abdurazzoq Samarqandiy (arab. عبدالرزاق سمرقندي; toʻliq ismi: Abu Muhammad Kamoliddin Abdurrazzoq ibn Jaloliddin Ishoq Samarqandiy; 1413-yil – 1482-yil) – muhaddis, tarixchi va elchi.
Abdurazzoq Samarqandiy | |
Vikipediyadagi maqola |
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
Iqtiboslar
tahrirlash- Agar yomonlik qilmagan boʻlsang, kishilardan hadiksirmagin. Hamisha oʻz qilmishingning himoyatiga sigʻingin[1].
- Biron xatoga yoʻl qoʻygan kishi uzr soʻragani durust. Axir Odam ham uzr soʻraganligidan bir natijaga yetishgan[1].
- Bu dunyo va uning mol-mulkiga koʻngil qoʻymagin. Chunki hech bir kishi undan vafo koʻrmagan[1].
- Dushman lashkari ichida kelishmovchilik bor ekan, sen oʻz shamshiringni qinidan sugʻurmay qoʻyaber![1]
- Har qancha yaxshilik koʻrsatilganda ham, dushman qoʻlidan dushmanlikdan boʻlak ish kelmaydi[1].