Abdulla Avloniy

Maʼrifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist, olim, davlat va jamoat arbobi.

Abdulla Avloniy (1878-yil 12-iyul, Toshkent – 1934-yil 25-avgust, Toshkent) – XIX asr oxiri XX asr boshidagi oʻzbek milliy madaniyatining mashhur vakillaridan biri, maʼrifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist, olim, davlat va jamoat arbobi.

Abdulla Avloniy
Vikipediyadagi maqola
Vikiombordagi fayllar



Iqtiboslar

tahrirlash
  • Aql egalari, vijdon sohiblari har vaqt koʻrgan, qilgan va bilganlarining haqiqatini va toʻgʻrisini soʻzlaydilar[1].
  • Dangasalik har vaqt insonni xor qilur[1].
  • Emish har elgʻa qadri ilm balo,
    Oʻla ilm maqomi baski bolo.
    Kishikim ilmu fandin boxabardur,
    Haloyiqqa moʻtabardur.
    Tiriklikda kishikim qilsa har kor,
    Aning osonligʻina ilm darkor[1].
  • Fikr gar yaxshi tarbiyat topsa,
    Xanjar, olmosdan boʻlur oʻtkur.
    Fikrning oynasi oʻlursa zang,
    Ruhi ravshanzamir boʻlur benur[1].
  • Iffatingni pardasi, vijdonning niqobi hayodir… Hayo pardasi ila uralmish insonlarning iffat pardasi yirtilmas[1].
  • Ilm oʻqumoq har bir eru xotinga farzdur,
    Ilmu donish yaxshi ziynatdur xotin-qiz ahliga.
    Quy qadam ilm uyiga, tumor, marjoning unut[1].
  • Ig‘vo va chaqimchilik eng yaramas sifat boʻlgani uchun bu yomon sifatni oʻzlariga maslak qilib olgan kishilar xalq nazarida munofiq sanaladi[2].
  • Olim kishilar har yerda aziz va hurmatlidurlar[1].
  • Sabr shunday kuchli bir narsadirki, gʻazabni shijoatga, shiddatni halimlikka, kattalikni tavozeʼga, yomonlikni yaxshilikka aylantirmaklikka quvvati yetar[1][2].
  • Sadafdin inju, ilondin zahar hosil boʻlgani kabi,
    Rostlikdan foyda, xiyonatdan zarar hosil boʻlur[1].
  • Soʻzing boʻlsa kumush, jim turmak oltun,
    Misi chiqgay soʻzing koʻp boʻlsa bir kun.
    Koʻpaygan soʻzni boʻlgay toʻgʻrisi oz,
    Shakarning koʻpidin ozi boʻlur soz[1].

Manbalar

tahrirlash
  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet. 
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 2,7 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.