Abdibek Sheroziy
Shoir, tarixchi, tarjimon
Abdibek Sheroziy (forscha: عبدی بیگ شیرازی; toʻliq ismi: Xoja Zaynulobidin Ali Abdibek Navidi Sheroziy; 1515-yil — 1580-yil) — shoir, tarixchi, tarjimon va 3 ta „Xamsa“ muallifi hisoblanadi.
Abdibek Sheroziy | |
Vikipediyadagi maqola |
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
Iqtiboslar
tahrirlash- Agar inson ilm nuri bilan oʻz yoʻlini yoritmasa, zulmat va nodonlik koʻchasida qoladi. Kishi qalbining nuri ilm va maʼrifat bilan baquvvat boʻladi. Insoniyatning qadri ilm bilan hosil boʻladi. Ilmdan hali hech kim zarar koʻrgan emas. Ilmni egallab olish esa bir sanʼatdir. Dunyoda qanday yovuzlik sodir boʻlgan boʻlsa, ularning hammasi nodonlik orqali kelib chiqqan. Eng zoʻr halokat nodonlik, insoniylikni bitiruvchi ham nodonlikdur. Yaxshi tahsil koʻrgan va ilm nuri bilan xulqini yaxshilagan ayol har yerda izzat topadi. Ilm – ayol uchun ziynat. Aqlini nodonlikdan qutqargan har bir ayol nomus, izzat, ayollik qadrini tushunib yetadi. Bunday ayol hech bir ishda adashmaydi. Ilmsiz ayol esa bola tarbiyalashda turli xatolarga yoʻl qoʻyadi[1].
- Bul saxrvat bobi ichra ustaroq,
Chiqiming boʻlsin kirimga mos biroq![1]
- Evaziga narsa kutib qilingan yaxshilik – yaxshilik hisoblanmaydi, balki u oddiy oldi-berdidan iborat, xolos[2]. Xalqqa xayru ehson qilish naqadar ulugʻ fazilat! Biroq bu xayru ehson begʻaraz boʻlsa yana ham yaxshi! Muruvvat maydonining shahsuvori bulay desang, gʻaraz bilan ish qilib, evaziga birovdan foyda olishni uylama![1]
- Ey oʻgʻil! Bu dunyo korxonasida shunday yoʻl tutki, kiygan kiyiming va yegan ovqating haloldan boʻlsin![1]
- Ey oʻgʻil! Qaysi fan boʻlmasin, to uni mukammal egallamaguningcha harakatni toʻxtatma, bir ilm ikkinchi ilmni egallashga yordam beradi. Bir ilmni egallashga aqling yoʻl berdimi, uni oxirigacha egallamay turib, chala tashlab ketma![1]
- Ey oʻgʻil! Saxovatingni kirimingga qarab qil! Chunki yoningdagi pulingni birdaniga sovurib yuborsang, saxovatingni keyin nima bilan amalga oshirasan?![1]
- Ey oʻgʻil! Tokaygacha sen oʻz osoyishtaliging haqida oʻylaysan? Shunday ish qilki, sen sababli boshqa odamlar ham osoyishtalik topib, rohatga yetsin![1]
- Imkoning koʻtarishiga qarab saxiylik qil, birovlarga taqlid qilgan holda saxiylik qilma! Qarz olib, buning evaziga qilingan saxiylik qanday saxiylik boʻladi, boshqalarning molidan olib, birovlarga yedirishdan nima foyda?![1]
- Jigaring qonini non qilib ye, ammo tekin non uchun birovlarning eshigida it kabi izgib yurma![1]
- Saxovatli kishi shunday kishiki, birov soʻramay, oldindan oʻzi bilib hadya qiladi[1].
- Yaxshilikni qancha katta qilsang ham, uni shuncha kichik deb bil. Birovga yaxshilik qilsang, qilgan yaxshiligingni yashir, birov senga yaxshilik qilsa, el orasiga yoy![1]
- Yer yuzida shunday yashashga urinki, topgan puling faqat toʻgʻrilik orqali kelgan boʻlsin![1]
Oʻ
tahrirlashManbalar
tahrirlash- ↑ 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet.
- ↑ Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.