Yusuf Xos Hojib

Turkiy shoir, faylasuf, davlat arbobi

Yusuf Xos Hojib (taxminan 1020-yil) — turkiy shoir, faylasuf, davlat arbobi. “Qutadgʻu bilig” dostoni muallifi.

Yusuf Xos Hojib
Vikipediyadagi maqola



Iqtiboslar

tahrirlash
  • Agar xalqning boshchisi yaxshi bo‘lsa, uning xizmatchilari yaxshi bo‘ladi[1].
  • Ayo odam, keksayib takabbur bo‘lma, u kattalarga teng bo‘la olmay, o‘zingni xorlikka solma[1].
  • Kishilar orasida yetugi uyatli kishidir[1].
  • Mol-dunyoni qancha termagin, u tugaydi, ozayadi. Yozilsa-chi, so‘z abadiy qoladi, olamni kezadi[1].
  • Qay bir ishni boshlasangiz ham, oxirini oʻylang. Oxiri oʻylanmagan ishlar insonga zarar keltiradi[2].
  • Xulq goʻzal boʻlsa, barcha xalq sevadi,
    Xulqi toʻgʻri boʻlgan kishi toʻrga chiqadi[3].
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  2. Sanjar Xoʻja. Hayotimiz kengurulari. Abdugʻafur Iskandar, Sanjar Said: . Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2022 — 160-bet. 
  3. Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet.