Xudkushlik (yoki oʻzini oʻldirish, oʻz joniga qasd qilish yoki suitsid) — oʻz hayotiga oʻz ixtiyori bilan chek qoʻyish.

Wikipedia
Wikipedia
Vikipediyada tegishli maqola bor:

Iqtiboslar

tahrirlash
  • Aziz Olam, men sendan zerikkanim uchun seni tashlab ketayotirman. Yetarlicha yashagandekman. Men seni sening muammolaring bilan shu magʻzava oʻrangda tashlab ketayapman — omad senga! (George Sanders)
  • Doʻstlarimga: ishlarim qilib boʻlingan. Nega kutayin? (George Eastman xudkushlik xatidan)
  • Hayot yashashga arzigulikmi, degan savol falsafaning bosh muammosidir. (Albert Camus)
  • Hayotimiz kitobidan varaq yirtib ololmaymiz, biroq uni tamoman gulxanga tashlashimiz mumkin. (George Sand)
  • Hayot kino kabidir, agar siz uning yarmini koʻrsangiz-u, har soniyasi jonga tegarlik darajada rasvo va bemaʼni boʻlsa, hoynahoy, u bundan keyin ham qiziqarli boʻlmaydi va oxirigacha oʻtirib koʻrish uchun arzimaydi. Hech kim sizga kino tugamasidan avval, vaqtli chiqib ketganingiz uchun dakki berishi kerak emas. (Doug Stanhope)
  • Melanxoliyaga toʻlib oʻzini oʻldirgan kishi agarda yana bir hafta yashaganida edi, hayotdan ketishni istamasdi. (Voltaire)
  • Sinik boʻlish yaxshidir — har holda, boqimanda mushukdek boʻlishdan yaxshiroq — va eng yaxshisi, umuman boʻlmaslik. Batamom xudkushlik olamdagi eng mantiqiy ishdir — biz uni qorongʻulikdan primitiv va bolalarcha qoʻrqqanimiz tufayli rad etamiz. Agar ongli boʻlganimizda oʻlimga — yana oʻsha mavjud boʻlmasimizdan avvalgi orombaxsh yoʻqlikka talpinardik. (H. P. Lovecraft)
  • Xudkushlik haqidagi xayollar yupatuvchidir: ular yordamida kishi yomon tunlarni kechib oʻta oladi. (Nietzsche)