Nur borki, soya bor
Nur borki, soya bor – Oʻtkir Hoshimovning asari.
Iqtiboslar
tahrirlash- Sevikli odaming sen bilan oʻpishayotganida yuzini oʻgirib, koʻzini olib qochdimi, bilki – koʻnglida yo xiyonat bor, yo adovat.
- Soyalar borgan sayin koʻzga xunuk koʻrinyaptimi, bilingki nur koʻpayib boryapti. Nur qancha koʻpaysa soya shuncha kamayadi. Ammo oʻz-oʻzidanmas
- Hozirgi yoshlar tramvayda pista chaqishga uyaladi-yu, oʻpishishga uyalmaydi. Nahot muhabbat pista chaqishdan arzon boʻlsa?!
- Har qanday dardning eng yaxshi davosi – vaqt deydilar. Lekin shunday dardlar boʻladiki, vaqt-bevaqt yangilanib, usti koʻchgan yaradek achchiq-achchiq azob berib turadi.
- Umuman, odamning aqli doim kechikib kiradi. Biz hamma narsaning qadrini oʻzi yoʻqolganidan keyin bilamiz. Hatto bir-birimizning qadrimizni ham.