Marina Ivanovna Svetayeva (ruscha: Марина Ивановна Цветаева)(26-sentyabr 1892-yil; 31-avgust 1941-yil) - rus shoirasi.

Marina Svetayeva
Vikipediyadagi maqola
Vikimanbadagi asarlar
Vikiombordagi fayllar

Iqtiboslar

tahrirlash
  • Bugun xayolimda shunday fikr charx uryapti: agar oʻsmirlik – bahor, yoshlik – yoz, oʻrta yosh – kuz, keksalik – qish boʻlsa, xoʻsh, unda bolalik nima? Menimcha, bolalik bir vaqtning oʻzida ham bahor, ham yoz, ham kuz, ham qishdir[1].
  • Bizning hayotimiz uch qismga boʻlingan: muhabbatni his qilish, muhabbatni yashash va muhabbatni xotirlash[1].
  • Insonlar bilan hech kelisholmayman. Chunki, ular menga ruhimni yoxud sukunatni tinglashimga hamisha toʻsqinlik qilishadi[1].
  • Men oʻzimga yaqin olgan odamlarimgagina qattiqqoʻlman[1].
  • Muhabbat juda gʻalati tuygʻu. U ochlik bilan oziqlanib, toʻqlik tufayli vafot etadi[1].
  • Qahqahang ham baʼzida ichingdagi iztirobni yashira olmaydi[1].
  • Baʼzi ayollarning na doʻsti, na oshiqlari boʻladi. Ularning doʻstlari tezda oshiqqa, oshiqlari esa doʻstga aylanishadi[1].
  • Baʼzan xonangdagi sukut momaqaldiroqdek gumburlaydi[1].
  • Har bir oʻqigan kitobing hayoting bir qismini oʻz ichiga oladi. Qanchalik koʻp oʻqisang, shunchalik yashashni xohlamay qolasan odam[1].
  • Odamlar senga tuhfa etmagan yagona narsa – sen ularsiz ham yashay olishingdir[1].
  • Ahamiyatsiz voqealar boʻlmaydi, faqat ahamiyatsiz odamlar boʻladi[1].
  • Ruh – hamma narsadan ulgʻayadi, ayniqsa yoʻqotish va yolgʻizliklardan[1].
  • Hayotdagi oʻrnimni yaxshi bilaman. U aniq oxirgisi emas, chunki hech qachon navbatda turmaganman[1].
  • Halol ayol halol ayolni yoqtirmaydi[1].
  • Muhabbat — qashshoqlik va tish ogʻrigʻidan boshqa hamma narsani yengoladi[1].
  • Vujud – ruhning panohidir. Shuning uchun uni toʻgʻri kelgan joyga sarflash notoʻgʻri[1].
  • Menga nuqtai nazar emas, nazarning oʻzi yetarli[1].
  • Yolgʻon gapirganimda oʻzimdan emas, meni bunga majbur qilgan odamdan nafratlanaman[1].
  • Dunyoda cheklangan miqdorda ruh hamda cheksiz miqdorda vujud bor[1].
  • Eskini yangilash kambagʻallarning, yangisini eskirtirish esa boylarning anʼanasi[1].
  • Hayot bilan muloqotdagi muhim narsa – uning savollari emas, bizning javoblarimizdir[1].
  • “U chiday-chiday sevardi...” Bu iborani yoqtiraman, biroq teskarisiga.
  • Faqat senga yot boʻlganiga duch kelasan, yaqiniga esa koʻngil qoʻyasan[1].