Jimjitlik
Said Ahmadnign romani
"Jimjitlik" – Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad ijodiga mansub boʻlgan roman. Roman yovuzlik bilan ezgulikning abadiy kurashiga bagʻishlangan. Ilk bora 1986–1987-yillarda „Sharq yulduzi“ jurnalida davomli eʼlon qilingan. Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti asarni 1989-yillarda 150 000 nusxada bosib chiqardi.
Iqtiboslar
tahrirlash- Kimgadir yaqinlashmoqchi boʻlsang, itiga suyak ot.
- Choʻqqilar jilvasiga koʻp ham mahliyo boʻlaverma, bolam. U yerda qashqirlar bor.
- Variant: Choʻqqilar jilvasiga koʻpam mahliyo boʻlaverma, bolam. Bu togʻlarni qashqirlari bor…
- Dunyoda kutish yomon. Bir minutning qanchalik uzoq vaqt ekani kutish paytida bilinadi.
- Odam bolasining koʻzidan yosh chiqmasa qiyin ekan. Yurak bagʻrini oʻrtagan alamlar shu koʻz yoshi bilan chiqib ketadi. Kimki faryod urib yigʻlayolmasa, koʻzidan yosh chiqazolmasa, alamlarini ichiga yutsa – dardga chalinadi. Shuning uchun keksalar, alam oʻrtagan kishiga yigʻla, koʻnglingni boʻshat, deydilar. Bu gapda hikmat koʻp…
- Erkak kishi 3 narsani hatto doʻstiga ham bermaydi 1.ostidagi otini 2.belidagi xanjarini 3.qoʻynidagi yorini