Ikki eshik orasi
„Ikki eshik orasi“ – oʻzbek yozuvchisi Oʻtkir Hoshimov qalamiga mansub roman. Asar Oʻtkir Hoshimov merosining asosiy oʻrinlardan birini egallaydi.
Iqtiboslar
tahrirlash- Umr ikki eshik orasiga oʻxshaydi. Birinchi eshikdan kirib ikkinchi eshikda chiqib ketamiz. Shu vaqt orasida hayot deb atalmish imoratga bitta gʻisht qoʻyishga ulgurish kerak.
- Odamzot oʻzini judayam baxtiyor his etsa, xudbin boʻlib qolarkan. Oʻzgalarning dardini sezmas ekan.
- Kuchli odamlar kechiradilar. Aqqli odamlar eʼtibor bermaydilar. Zaif insonlar qasos oladilar.
- Qiziq, odam baxtiyor paytida hammani baxtiyor deb oʻylaydi. Boshiga kulfat tushganida esa hamma baxtiyor-u, bir oʻzi baxtiqarodek tuyuladi.
- …Balki, hayotning maʼnisi shudir oʻzi. Tirikmisan kurashasan. Yo yengasan, yo yengilasan. Qiziq, nega endi yengilish uchun kurashish kerak. Choʻqqiga chiqayotgan odam yengilishni niyat qilmaydi-ku. Kurashdingmi, yengishing shart!
- Toʻsatdan tushgan gʻam yosh bolani bir kunda katta odamga aylantirib qoʻyar ekan..!
- Ehtimol oʻgʻrilik qilgan odamning siri ochilmas, ehtimol qotillik qilgan olchoqning ham siri bilinmas. Ammo xiyonat fosh boʻlmay qolmaydi. Negaki, xiyonatni bir odam qilmaydi. Albatta, sherigi boʻladi. Faqat, yomon joyi shundaki, xiyonatdan ozor chekkan odam bu sirni hammadan keyin biladi. Shunisi alam qiladi
- „Rost bilan yolgʻonning orasi toʻrt enlik“- degan gap bor, qiziq, nega endi oz emas, koʻp emas, toʻrt enlik? Gap shundaki, koʻz bilan quloqning orasi toʻrt enlik ekan. Eshitganingga emas, koʻrganingga ishon… maqsad-shu!
- Boʻyi yetgan qizning orzusi osmondagi yulduzga oʻxshaydi. Uzoqdan yaraqlab koʻrinadi-yu, na yetasan, na tutasan. Yulduz esa olisda sirli-sirli miltirab turaveradi. Talpinasan, hechkimga bildirmay xayol surasan…
- Hovuchimni toʻlatib tuz yeyishim kerak-da, shakar shimgan odamdek iljayib turishim kerak. Nega? Nima uchun? Inson bolasiga bundan ortiq jazo bormi
- Odamzod yuz yil umr koʻrdimi, ming yilmi – baribir oʻlgisi kelmaydi. Ming yil yashagan bir sahoba „Essiz-essiz, u eshikdan kirdim-u, bu eshikdan chiqib ketyapman“, degan ekan.
- Dunyo nimaga buncha teskari? Nima uchun qilar ishni birov qiladi-yu kasofatiga boshqalar qoladi?!
- Odam qimmatbaho narsasini yoʻqotsa achinadi. Tuhmatga qolsa boshini togʻ-toshga uradi. Qadri yerga urilsa, isyon koʻtaradi. Yaqin kishisidan ayrilsa isyon koʻtaradi. Lekin umididan ayrilsa gʻalati boʻlarkan. Hech nimaga, hech kimga, hatto oʻz qadringga ham achinmaysan. Dod solmaysan. Isyon koʻtarmaysan.
- Nachora, hamma ham rost gapiravermaydi. Ammo yolgʻon soʻzlayotgan odam ham ichida, baribir rostini oʻylaydi.