Hamza Hakimzoda Niyoziy
Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889-yil 6-mart, Qoʻqon — 1929-yil 18-mart, Fargʻona viloyati Shohimardon qishlogʻi) — shoir, yozuvchi, pedagog, teatr arbobi. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1926).
Hamza Hakimzoda Niyoziy | |
Vikipediyadagi maqola | |
Vikimanbadagi asarlar | |
Vikiombordagi fayllar |
Niyoziydan itqiboslar
tahrirlashGuldur etib, bulut tarqab
Yalt-yult etib chaqmoq chaqdi
Ishchi bobo, seskansang-chi
Charqqa quyosh chinlab chiqdi!
Bahor boʻlib, shatir-shutur
Maorif yomgʻir yogdi
Ishchi bobo, qoʻsh koʻshsang-chi
Ekin ekar chogʻi keldi!
Sahar kelgan gʻir-gʻir etib,
Bekor ketmay shabbodalar
Ishchi bobo, tez ochsang-chi
Pindik ochsin, yosh novdalar!
Bosh koʻtargan yosh gullaring
Atrofini qushlar chulgʻab
Ishchi bobo, koʻrisang-chi
Ketar choʻqib, bargin bulgʻab!
Tezdan kelgan bu yoz kunlar,
Tezda bitib, qish kelmasdan,
Ishchi bobo, uygʻonsang-chi
Bu koʻrganlar tush boʻlmasdan!
— Hamza Hakimzoda Niyoziy, 1918-yil („Qizil O‘zbekiston“ gazetasi № 56 (12710), 6-mart 1964-yil)
Keldi ochilur chog‘i, o‘zliging namoyon qil,
Parchalab kishanlarni har tomon parishon qil.
Maktab, anjuman borg‘il, unda fikr ochib gohi
Ilm-u fan tig‘i birla jahl bag‘rini qon qil.
Soyalarda sarg‘aygan yuzlaring qilib gulgun,
Sen ham ahli donishlar bazmini guliston qil.
Cho‘rilikni mullalar senga qildilar taqrir,
Kel, bugun bu zaxmingga maʼrifatni darmon qil.
Onalik huquqingni hurmat etmaganlarni
Yuzlarin qaro aylab, feʼlidan pushaymon qil.
Oy yuzing qaro chimmat zulmidan qutultirgil,
Chiq qorong‘i turmushdan, nur ichida javlon qil.
Sen qachon maorifning dargohiga yo‘l topsang,
Nurlarin olib ko‘zga surmayi Sulaymon qil.
— Hamza Hakimzoda Niyoziy, 1927-yil („Qizil O‘zbekiston“ gazetasi № 56 (12710), 6-mart 1964-yil)
Yomonlar pul tufayli
etibor oldi diyor ichra,
Faqir, bechoralar qoldi
fig‘onu ohu zor ichra
— Hamza Hakimzoda Niyoziy, 1902-yil („Guliston“ jurnali, № 3, 1969-yil va islamonline.uz/)
Yashangiz ishchi, dehqonlar, jahon ichra!
Bo‘lmasin zolimlar bizning zamon ichra!
Buzamiz eski turmushni, xurofotni, bidatni,
tuzami rangi turmushni zakon ochra,
abadiy so‘ngra yashaymiz jahon ichra! <br?>
— Hamza Hakimzoda Niyoziy („Guliston“ jurnali № 10, 1969-yil)
Niyoziy haqida iqtiboslar
tahrirlash- Hamza xalqning ichiga kirib, xalq yuragidagi hislarga va tuyg‘ularga oshna bo‘ldi. Uning aytgan har bir cho‘zi, har bir sheʼri xalq chiqadi, deysiz.
- Oybek („Qizil O‘zbekiston“ gazetasi, № 56 (12710), 6-mart 1964-yil)
- Hamzaning sheʼrlari chaqmoqday va momaqaldirokday qudratli. Bu rus niqilobiy poeziyasigi, Mayakovskiy poeziyasiga o‘xshaydi. Uning har bir so‘zi — bir shior, har bir sheʼri davr hayqirig‘idir.
- Hamza asarlarining xalqqa bu qadar yaqin va sevimli bo‘lishiga asosiy sabab uning zamon bilan xamnafas va xalq dilining tarjimoni bo‘lganligidir. Shu sabab uning tilini xalqqa nihoyatda yaqin qildi. Hamzagacha va Hamza davrida ham hech bir yozuvchining tili Hamza tilidek jonli va rang-barang xalq tiliga yaqin bo‘lgan emas.
- Abdulla Qahhor („Qizil O‘zbekiston“ gazetasi, № 56 (12710), 6-mart 1964-yil)
- Hamza Lenin gvardiyasining birinchi saflarida borib, qalbining butun haroratini, aqlidrokining butun kuchini va isteʼdodining butun kuch-qudratini xalqni ozod qilish ishiga bag‘ishlagan.
- Komil Yashin („Qizil O‘zbekiston“ gazetasi, № 56 (12710), 6-mart 1964-yil)
- Hamza boʻron qushi sifatida kishilik zoʻr muddaolarining mavzhli ummoni uzra naʼra urdi. Tez, orada boʻron guvullashi haqida oʻz xalqiga jar soldi, ana shu shiddatli boʻron guvullagach, gʻalba va baxt-saodat haqida, inson idrokining ulugʻvorligi hamda partiya bilan xalqning engilmas kuchi toʻgʻrisida qoʻshiqlar yozie, ularni oʻz xalqi bilan birga kuyladi.
- Komil Yashin („Sovet O‘zbekistoni“ gazetasi, № 73 (19439), 12-mart 1986-yil)
- Uning ijodiy biografiyasi butun sovet adabiyotida eng qahramonona biogra fiyalarlan biri deb dadil ayta olamiz. Hamza asarlari ko‘p yillar davomida yozuvchilarimiz va olimlarimiz tomonidan qunt bilan o‘rganiladi, chunki uning asarlaridagi jamiki narsalar kishini hayratda qoldiradi va to‘lqinlantiradi.
- Konstantin Simonov („Qizil O‘zbekiston“ gazetasi, № 56 (12710), 6-mart 1964-yil)
- Uning ajoyib biografiyasini butun sovet adabiyotidagi eng qahramona biografiyalardan biri deb ayta olamiz.
- Konstantin Simonov („Sovet O‘zbekistoni“ gazetasi, № 73 (19439), 12-mart 1986-yil)
- O‘zbek sovet adabiyotining asoschisi Hamza Hakimzoda Niyoziyning nomi ko‘p millatli sovet adabiyoti asoschilarining jangovar nomlari orasida alohida o‘rinni egallaydi… Katta qalb egasi bo‘lgan Hamza qisqa, lekin odatdan tashqari yorqin umr ko‘rib, o‘zining 40 yillik umri mobaynida inson isteʼdodi nimalarga qodir ekanligini ko‘rsatibgina qolmay, shu bilan birta o‘zining nimalarga qodir ekanligini ham ko‘rsatdi.
- Nikolay Tixonov („Qizil O‘zbekiston“ gazetasi, № 56 (12710), 6-mart 1964-yil)
- Vladimir Mayakovskiy, Demyan Bedniy va revolyusiya tufayli bunyodga kelgan boshqa ulkan shoirlar rus poeziyasida novatorlik yoʻllarini izlagan oʻsha tarixiy davrda Hamza oʻzining milliy adabiyotida ana shu yoʻllarga asos soldi. Hamza muzika va teatr sanatida ham ana shunday muvaggarqiyat bilan yangi ijodiy izlanishlar olib bordi.
- Nikolay Tixonov („Sovet O‘zbekistoni“ gazetasi, № 73 (19439), 12-mart 1986-yil)
- 1927 yili Hamza „Xotinqizlar ovozi“ sheʼrini menga taqdim etib, ashula qidib aytishimni iltimos qildi. Ashula ohangiga maftun bo‘lgan Hamza menda talant borligini eʼtirof etdi. Shu yili meni Qo‘qon teatriga olib keldi. Uning daʼvati bilan paranjimni tashladim. U mening chinakam ustozim bo‘lib qoldi.
- Lutfixonim Sarimsoqova („Qizil O‘zbekiston“ gazetasi, № 56 (12710), 6-mart 1964-yil)
- Biz Hamzadan juda barvaqt judo bo‘lgan bo‘lsak ham, uning yaratishga ulgura olgan hamma asarlari o‘lmas ilhom bilan sug‘orilgandir. Uning ashula va dramalari qaysi bir tilda o‘qilmasin, o‘quvchini xuldi ohanrabo kabi o‘ziga tortadi.
- Mirza Ibragimov („Qizil O‘zbekiston“ gazetasi, № 56 (12710), 6-mart 1964-yil)
- Для узбеков Хамза то же, что для русских Маяковский.
- Oʻktam Usmanov („Ogonyok“ jurnali, № 11, 1979-yil)