Gadoiy
Oʻzbek shoiri
Gadoiy (1403/04 – 15-asr oxiri) – oʻzbek shoiri.
Gadoiy | |
Vikipediyadagi maqola |
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
Iqtiboslar
tahrirlash- Kimga aytay dard-u holimni, ne tadbir aylayin,
Kim, meni boshtin-ayoq, zolim firoqing oʻrtadi[1].
- Nosiho dardi dilimni bilmasang, maʼzursan,
Chunki bilmaydur, bale, sohildagi holi gʻariq[1].
- Yana begonasen, bori nechuksen?
Vafodin yonasen, bori nechuksen?
Qilib shart avval-u oxir pushaymon,
Soʻzingdan tonasen, bori nechuksen?[1] - Yer yuzida yaxshilarga,
Yaxshilikdan yaxshi yoʻq[2].
Ch
tahrirlash- Chun hashr qismat kuninda boʻldi taʼyin, ey,
Necha manʼ etgaysan oxir oshiqi avboshni[1].
Manbalar
tahrirlash- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet.
- ↑ 2,0 2,1 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.