Gabriel García Márquez
Gabriel García Márquez (talaffuzi: Gabriel Garsia Markes)(6-mart 1927-yil, Arakataka; 17-aprel 2014-yil, Mexiko shahri) — kolumbiyalik yozuvchi, ssenarynavis va jurnalist. “El Espectador” gazetasining Bogota va Yevropadagi muxbiri boʻlgan.
Gabriel García Márquez | |
Vikipediyadagi maqola | |
Vikimanbadagi asarlar | |
Vikiombordagi fayllar |
Iqtiboslar
tahrirlash- Aslida barcha kitoblar muallifning do‘stlari uchun qalamga olinadi.
- Oson qo‘lga kiritilgan baxt uzoq davom etmaydi.
- Aql va donolik bizga zarur bo‘lmagan yoshda nasib etadi.
- Tabassum qil! Darding sendan lazzatlanishiga yo‘l qo‘yma!
- Boshqalarning seni qanday qabul qilishgani kabi bo‘lmaslikning iloji yo‘q.
- Agar ichimizdagi bolakayga quloq solsak, ko‘zlarimizga qaytadan nur kiradi. Agar o‘sha bolakay bilan bog‘liqlik rishtasini yo‘qotmasak hayot bilan aloqamiz ham uzilmaydi.
- Yashashning yagona vositasi — xotirlaring bo‘g‘zingdan olishiga imkon bermaslikdir.
- Men Xudoga ishonmasam-da undan qo‘rqaman.
- O‘lim insonni vaqti yetganida emas, kuchi yetanida mahv etadi.
- Dunyo sekin-asta intiho sari odimlamoqda. Chunki, mo‘jizalar ro‘y bermay qo‘ydi.
- Ilhom parisi faqat ishlayotganingda keladi.
- Adabiyot — insonlar bilan hazillashish uchun eng yaxshi tomoshadir.
- Xato qilish insonga xos xususiyat, o‘z xatongni boshqa birovga to‘nkay olish esa ikki karra o‘ziga xos xususiyatdir.
- Agar qaysidir ishga ayol aralashgan bo‘lsa, aminmanki, hammasi yaxshi bo‘ladi. Menga bari kundek ravshan, dunyoni aslida ayollar boshqaradi.
- Hamma yuksaklikda yashashga intiladi, anglashmaydiki, asl baxt o‘sha yuksaklikka chiqish lahzalaridadir.
- Yaxshi ishtaha uchun yomon ovqat bo‘lmaydi.
- O‘zi bilan o‘zi ziddiyatga bormaydigan yozuvchi asl ijodkor emasdir.
- Hammasi tugagani uchun yig‘lama, yaxshisi jilmay, chunki har holda bular yuz berdi.
- Keksalikning yagona siri yolg‘izlik bilan kelisha olishdadir.