„Daftar hoshiyasidagi bitiklar“Oʻtkir Hoshimov muallifligidagi asar.

Iqtiboslar

tahrirlash
  • Yaxshigayam, yomongayam birdek yaxshi koʻrinishga urinadigan odam eng xavfli odamdir…
  • Hech nimaga hayron qolmaydigan odamdan Olim chiqadi. Hamma narsaga hayratlanadigan odamdan Shoir chiqadi.
  • Uyingda shunday koʻzgu borki, sen unga har kuni qaraysan. Har qaraganda oʻz fazilatingni ham, nuqsonlaringni ham koʻrasan. Bu koʻzgu – farzanding!
  • Daraxt bir joyda koʻkaradi, deyishadi. Toʻppa-toʻgʻri, bu gap daraxtlarga juda mos tushadi. Odamlarga emas!
  • Baxtli odam xudbin bõladi, baxtsizlarga achinmaydi. Baxtsiz odam ham xudbin bõladi, baxtlilarga gʻayrilik qiladi.
  • Sopol tovogʻingiz sinsa, dod soling: kessakka aylanadi. Tilla idishingiz sinsa, parvo qilmang: bahosi tushmaydi.
  • Donolik bilan nodonlik shu qadar yaqinki, odam donolikni qancha koʻp daʼvo qilsa, shuncha nodon boʻladi!
  • Tangri shunaqangi qudratliki, xohlasa, gulshanning qoq oʻrtasidan sassiq alaf oʻstiradi. Xohlasa, botqoqning qoq oʻrtasida nilufarni gullatib qoʻyadi…
  • Qancha koʻp tilni bilsangiz, shuncha yaxshi. Biroq, odam ona tilida tafakkur qiladi, ona tilida tush koʻradi, ona tilida yigʻlaydi…Oʻlimi oldidan onasini ona tilida yoʻqlaydi…
  • It tumshugʻini suqqani bilan daryo xarom boʻlib qolmaydi. Nomard tosh otgani bilan togʻ qulab tushmaydi…
  • Inson shu qadar buyukki, uning fazilatlarini oʻlchash dunyodagi eng baland togʻning eng baland choʻqqisiga emaklab chiqish zahmati bilan teng. Inson shu qadar tubanki, illatlarini oʻlchash -dunyodagi eng baland togʻning eng baland choʻqqisidan emaklab tushish zahmati bilan teng.
  • Xudo yozganini bandasi óchirolmaydi. Xudo berganini bandasi tortib ololmaydi.
  • Mehrga bemehrlik bilan javob qaytarish insonning abadiy kasalligidir.
  • Ayol qalbi teskari magnitga oʻxshaydi: yaqinlashsang uzoqlashadi, uzoqlashsang yaqinlashadi.
  • Yaxshiyamki Hudo oftobni bagʻri keng qilib yaratgan. Boʻlmasa yer yuzidagi odamlarning illatlarini har kuni koʻraverib, allaqachon soʻnib qolgan boʻlarmidi…
  • Kulishni bilmaydigan odam-- baxtsiz odam. Yigʻlashni bilmaydigan odam esa ikki hissa baxtsiz!
  • Tarix takrorlanib turadi degan gap bor. Insoniyat ibtidoiy jamoaga qaytishi mumkin. Buning ilk belgilari hozirdan kòrinyapti:kitob óqiydiganlar kamayib boryapti….
  • Telbalarga taʼzim qiling! Yuzta donishmand aytolmagan haqiqatni bitta telba aytadi!
  • Bandasidan uyalmagan odamning Xudodan qoʻrqishiga ishonish qiyin.
  • Ayol kishini baxtli qilish oson, lekin qimmat!
  • Haqiqatni mayib qilish mumkin, ammo oʻldirib boʻlmaydi!
  • Xudbinning shiori: „Dunyoga oʻt ketsa- ketsin, olovida mening shoʻrvam pishsin“
  • Hech qachon osmonga tupurma! Osmon qahrli. Tupuging yuzinga qaytib tushadi!
  • Ayol kuchli. Uning makri 40 tuyaga yuk boʻladi. Erkak kuchli. Chunki u 40 tuyaning yukini yelkasida koʻtarib chopqillab ketadi.
  • Ikkita eng xolis hakam — Kitobxon va Vaqt sinovidan o’tgan asar haqiqiy asardir.