Azamat Akbarov (1977-yil) — tilshunoslik, amaliy tilshunoslik boʻyicha fan doktori. “Xorijiy tillarni o‘rgatish va amaliy tilshunoslik” xalqaro ilmiy-nazariy jurnali bosh muharriri.

Azamat Akbarov
Vikipediyadagi maqola

Iqtiboslar

tahrirlash
  • Biroq tilshunos sifatida o‘ylashimcha, har bir mamlakat o‘z tilini saqlab qolishga harakat qilishi kerak, chunki aynan til uni o‘ziga xos qiladi va boshqa mamlakatlardan ajratib turadi[1].
  • Inson, eng avvalo, muloqot qiluvchi zotdir, shu bois, fikrimcha millatlarning tilini unutmaslik zarur, biroq rivojlanishimiz va komil bo‘lishimiz uchun bir-birimizni tushunish qobiliyatiga ega bo‘lishimiz shart[1].
  • Boshqa tilni o‘rganishni boshlashdan oldin, undan oldingi tilda yuqori darajaga erishishga harakat qildim — shu tarzda men shunchalik ko‘p tillarni o‘rganishga muvaffaq bo‘ldim[1].
  • Amaliyot nazariyasiz ahamiyatga ega emas, nazariya esa amaliyotsiz abstrakt bo‘lib qoladi. Ushbu jihatning ikkalasi ham muhim hisoblanadi[1].
  • Biz talabalarning xotirasini rivojlantirishga emas, ularning ijodkorlik qobiliyatini oshirishga eʼtibor berishimiz kerak[2].