Abu Zar Gʻiforiy
Sahoba
Abu Zar laqabli Jundab ibn Junadt ibn Sufyon, Abu Zar al-Gʻiforiy – Islomni birinchi qabul qilgan sahobalardan biri.
Abu Zar Gʻiforiy | |
Vikipediyadagi maqola | |
Vikiombordagi fayllar |
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
Iqtiboslar
tahrirlash- Ey insonlar, azaldan bor boʻlgan, oxiri ham koʻrinmaydigan katta bir hirs-ehtiros sizlarni oʻldirmasin![1]
- Qabrning dahshati va u yerdagi yolgʻizlikni oʻylab, kechaning tim qorongʻusida turib namoz oʻqing. Qiyomat kunining mashaqqatlarini oʻylab, doimo foydali gaplarni ayting… Kuningizni ikkiga boʻlib, bir qismini oxiratga tayyorgarlik ishlari, qolganini halol rizq-nasiba topish bilan oʻtkazing. Uchinchi boʻlimining esa sizga foydasi yoʻq, zarari bor. Molingizni ham ikkiga boʻling. Bir qismini bola-chaqangizga sarflab, qolganini oxiratingiz uchun ozuqa qiling. Uchinchi qismining esa sizga foydasi emas, zarari borligi uchun unga ehtiyojingiz yoʻqdir[1].