Vikiiqtibos:Administratorlikka soʻrovlar
Administrator statusi tajribali, jamoaning yetarlicha ishonchiga ega boʻlgan va loyihada tartibni saqlash, texnik yordam, konfliktlarni va xulosalar chiqarish boʻyicha xos vazifalarni bajarishda javobgarlikni oʻz zimmasiga olishga tayyor boʻlgan foydalanuvchilarga beriladi.
Ushbu sahifada administratorlikka nomzodingizni qoʻyishingiz mumkin. Nomzodingizni qoʻyishdan avval administrator boʻlish uchun qoʻyiladigan talablar bilan tanishib chiqing. Qoʻyilgan talablarga javob bera olsangizgina oʻzingizni nomzodlikka qoʻying. Oʻz nomzodingizni qoʻyganingizdan keyin foydalanuvchilar tomonidan rozilik yoki qarshilik ovozlari, ayrim savollar beriladi.
Administrator va rasmiyatchilarni saylash qoidalari: |
---|
Administrator va rasmiyatchilarni saylash qoidalariga muvofiq, administrator statusi rasmiyatchilardan biri tomonidan administratorlik majburiyatini oʻz zimmasiga olishga tayyor boʻlgan foydalanuvchi soʻrovi asosida beriladi. Bunda koʻp koʻrsatgichlar hisobga olinadi, jumladan, tajriba, tahrirlar soni, nomzodni boshqa foydalanuvchilar tomonidan muhokamasi va ularning ovozlari natijasi. Ovoz berish nomzodning nomzodligiga ovoz berish sahifasida uning aniq roziligi olinganidan keyin boshlanadi va 1 haftadan keyin (7 sutka) 15:00 UTC da tugaydi. Ovoz berishda nomzodlik soʻrovga qoʻyilguncha oʻzbekcha vikiiqtibosning maqolalar nomfazosida 100 tadan kam boʻlmagan tahrir qilgan, kamida 2 oy oldin roʻyxatdan oʻtgan va nomzodlik soʻrovga qoʻyilguncha boʻlgan 30 va 60 kun ichida bittadan kam boʻlmagan va nomzodlik soʻrovga qoʻyilmasdan 15 kun oldingi davr ichida bitta dan kam boʻlmagan tahrir qilgan boʻlishi kerak.
Admininstrator statusiga daʼvogar oʻzbekcha vikiiqtibosda bir yil avval roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi va 1500 tadan kam boʻlmagan tahrir qilgan boʻlishi zarur. Agar foydalanuvchining administratorlik vazifasiga munosibligiga shubhangiz boʻlsa, — dadil qarshi ovoz bering, agar u odam haqida hech narsa bilmasangiz — betaraflar boʻlimiga ovozingizni qoʻying.
|
Nomzodligingizni qoʻyish Tahrirlash
Administratorlikka oʻz nomzodligingizni qoʻyishdan avval VQ:Administratorlar sahifasi bilan tanishib chiqing.
Nomzod nomini «/»dan keyin kiriting va «Soʻrov ostsahifasini yaratish»ni bosing:
Joriy soʻrovlar Tahrirlash
Oʻtgan soʻrovlar Tahrirlash
Status berilishi foydalanuvchilar huquqlari jurnalida koʻrsatiladi.