Sokrat (Sokrates), Suqrot (mil. av. 470/469-yil – Afina – 399-yil) – yunon faylasufi.

Suqrot
Vikipediyadagi maqola
Vikiombordagi fayllar



Iqtiboslar

tahrirlash
  • Badavlat kishilardan bir bechoralik bilan kun oʻtkazuvchi Suqrotni aybladi. Suqrot unga: „Agar men xoxlasam sen kabi yashashim mumkin, ammo sen hech qachon men kabi kun kechirolmaysan!“ dedi. Boylardan yana biri Suqrotga: „Sen juda kambagʻal va quruq qoʻlsan“ dedi. Suqrot esa unga: „Agar sen faqirlik lazzatini bilsang edi, menga achinish oʻrniga oʻzingga achinar eding!“ deb javob berdi[1].
  • Bir kishi Suqrotga: „Sen oʻzingni dunyo neʼmatlaridan mahrum qilgansan!“ deb qoldi. Suqrot undan: „Neʼmat nima?“ deb soʻradi. U kishi: „Semiz barra goʻsht yeyish, sharob ichish, chiroyli kiyinish, goʻzallar bilan ishrat qilish“, deb javob berdi. Suqrot unga shunday dedi: „Bu narsalarning hammasini toʻngʻiz, maymun va darranda hayvonlarga oʻxshashni xohlaydigan kishilarga havola qildim. Bu toifa odamlar oʻz qorinlarini hayvonlar qorni kabi ishiradilar, ruh imoratini tiklash oʻrniga badan imoratini tiklaydilar“[1].
  • Nima qilib boʻlsa ham uylaning. Xotiningiz yaxshi chiqsa – baxtli boʻlasiz, yomon chiqsa – faylasuf[2].
  • Suqrot hakim dedi:
    — Olam adolat bilan poydor, zulm bilan esa xoru-zor![1]

Manbalar

tahrirlash
  1. 1,0 1,1 1,2 Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet. 
  2. Sema Marashli. Turmush oʻrtoʻgimning tengi yoʻq: hikoyalar. Toshkent: „Yangi asr avlodi“ nashriyoti, 2021 — 176-bet. ISBN 978-9943-20-809-4.