Sunʼiy ong (film)

Ilmiy fantastika janridagi 2014-yil ishlab chiqilgan film

“Sunʼiy ong” yoki “Sunʼiy dunyo” (inglizcha: Transcendence) — 2014-yilda katta ekranlarga chiqqan, Wally Pfister tomonidan suratga olingan ilmiy fantastika janridagi AQSH filmidir.

Fayl:Transcendence2014Poster.jpg
Wikipedia
Wikipedia
Vikipediyada tegishli maqola bor:

Iqtiboslar tahrirlash

  • Internet olamni kichraytirishga moʻljallangandi. Aslini olganda olam internetsiz kichrayib ketgandek...
  • Ammo, fikrlovchi kompyuter yaratish orzusida yurgan bir paytimizda men sayohat — belgilagan manzildan muhim” degan fikrdaman.
  • 130 yil davomida fikrlash doiramiz deyarli oʻzgarmay kelyapti. Shu zalda oʻtirgan neyrobiologlar, muhandislar, matematiklar va hakerlarni birlashgan salohiyati eng sodda sunʼiy intelekt salohiyati oldida ojizdir. Birgina fikrlovchi mashina ishga tushirilsa, tez orada biologik toʻsiqlarni yoʻqqa chiqaradi. Qisqa fursat ichida ushbu mashinaning tahlil qilish imkoniyatlari shu kungacha yashagan barcha insonlarni imkoniyatlarini ortda qoldiradi. Insonning barcha hissiyotlari mujassam boʻlgan, hatto oʻzini anglay oladigan zohiriy ongni koʻz oldingizga keltirib koʻring. Baʼzi olimlar buni mukammallik deb atashadi. Men esa “sunʼiy dunyo” deb nomladim. Bunday super intelektni yaratish koinotni eng katta sirlarini ochib beradi.
    Ongning oʻzi nima? U qalbmi? Agar shunday boʻlsa, oʻsha qalb qayerda joylashgan? Uni qanday aniqlash mumkin? Uning koʻrinishi bormi? Savol miyamizda. U charx urib aylanmoqda. Unga javob izlaymiz.
  • Odamlar tushunmaydigan narsalardan qoʻrqishadi.
  • Qogʻozda yozilganlar oʻz yoʻliga, qalbingizda nimalar borligiga qiziqaman.
  • Avvaliga qoʻrqishlari mumkin. Ammo texnologiyani nimaga qodir ekanligini koʻrishgandan soʻng uni qabul qilishadi. Texnologiya insonlar hayotini oʻzgartirib yuboradi degan umiddaman.